Xalmuratov Kuanish Polatovichning
falsafa doktori (PhD) disssertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasida davlat-xususiy sherikchiligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt1156.
Ilmiy rahbar: Salaev San’atbek Komilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqam: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Doschanov Tangribergen, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Pardaev Olim Mamayunusovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xizmat ko‘rsatish sohasida davlat-xususiy sherikchiligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nodavlat maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini davlat-xususiy sherikchilik asosida xususiy sherikka tegishli er, bino-inshootlarda tashkil etish tartibi takomillashtirilgan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanish integral ko‘rsatkichlari asosida tabaqalashtirilgan guruhlarga ajratish yondoshuvi ishlab chiqilgan;
mintaqada maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida tozalangan ichimlik suvi ta’minoti ijtimoiy loyihasini yo‘lga qo‘yishning tashkilot va aholi uchun afzalliklarini ko‘p variantli baholash usuli takomillashtirilgan;
mintaqada xizmatlar sohasi rivojlanishini ko‘p omilli ekonometrik baholangan va davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida turistik xizmatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalapining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston respublikasida xizmatlar sohasida davlat-xususiy sherikchiligining tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy takliflar va amaliy tavsiyalar natijasida:
nodavlat maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarini davlat-xususiy sherikchilik asosida xususiy sherikka tegishli er, bino-inshootlarda tashkil etishning takomillashtirilgan tartibi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 12 dekabrdagi 01-01-14/2146-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmatlar sohasi va servisni rivojlantirish bo‘yicha mintaqaviy dasturga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi hamda mintaqada davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilishi rejalashtirilayotgan xizmatlar sohasi sub’ektlarining ustuvor yo‘nalishlari asoslanishi belgilangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududlarini davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi bo‘yicha maktabgacha ta’lim muassasalari rivojlanish integral ko‘rsatkichlari asosida tabaqalashtirilgan guruhlarga ajratish yondoshuvini ishlab chiqish bo‘yicha takliflardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi amaliy faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2020 yil 10 dekabrdagi 01-01/10-3795-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida mintaqada davlat-xususiy sherikchilik asosida tashkil etilishi ko‘zda tutilgan oilaviy maktabgacha ta’lim muassasalar soni 25 foizga, nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalar 10 foizga, bevosita davlat-xususiy sherikchilik asosidagi maktabgacha ta’lim muassasalar soni esa 5 foizdan ko‘proq o‘sishiga erishilgan;
Mintaqada maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida tozalangan ichimlik suvi ta’minoti ijtimoiy loyihasini yo‘lga qo‘yishning tashkilot va aholi uchun afzalliklarini ko‘p variantli baholash usulini takomillashtirish bo‘yicha takliflari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2020 yil 12 dekabrdagi 01-01-14/2146-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifni amaliyotda qo‘llanilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasining markaziy suv tarmog‘iga ulanmagan 429 ta o‘rta umumta’lim maktablarida hamda 400 dan ortiq maktabgacha ta’lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar va bolajonlar, shu tashkilot joylashgan MFY, OFY larning qariyb 0,5 milliondan ortiq aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlash, turli o‘t-tosh, buyrak tosh, siydik- tosh kasalliklarining oldi olish hamda o‘rta hisobda aynan davlat-xususiy sherikchilik asosidagi ushbu loyihalarni amalga oshirilishi tufayli 1000 ga yaqin ish o‘rinlarini barpo etish imkoniyati yaratilgan;
mintaqada xizmatlar sohasi rivojlanishini ko‘p omilli ekonometrik baholangan va davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida turistik xizmatlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ishlab chiqish bo‘yicha takliflar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizmni rivojlantirsh boshqarmasi amaliyotida qo‘llanilgan (2020 yil 10 dekabrdagi 01/1078-son ma’lumotnoma). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududlarning davlat-xususiy sherikchilik mexanizmi asosida turistik xizmatlar yo‘nalishlarini ko‘payishiga va turizm rivojlanganligi bo‘yicha hududlarga tabaqalashgan holda yondoshib maqsadli qo‘llab-quvvatlanuviga erishiladi, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududlarida turistik salohiyatni oshirilishiga va turistik xizmatlarning mintaqa yalpi xizmatlari va yalpi hududiy mahsulotdagi hajmlarini mos ravishda 5 foiz va 2 foizgacha o‘sishiga erishilgan.