Ergashev Sherzod Tashpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Avtomobil` transporti korxonalarida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish” 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Iqt1379.
Ilmiy rahbar: Kalonov Muxiddin Baxritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Ochilov Ilyos Keldiyorovich,iqtisodiyot fanlarinomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot:Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil` transporti korxonalarida iqtisodiy tahlilni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korxonalarda aktivlar rentabelligini aniqlashda aynan tashish xizmatini ko‘rsatishda ishtirok etgan aktivlardan olingan foydani hisobga olishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
korxonalarda to‘lov qobiliyati koeffisientini aniqlashda joriy majburiyatlarga uzoq muddatli majburiyatlarning yaqin olti oy ichida to‘lanadigan qismini hisobga olish taklif etilgan;
korxonalarda asosiy vositalarning eskirishini boshlang‘ich, o‘rta va yuqori darajalarga ajratish hamda harakatdagi asosiy vositalarning eskirish va yangilashning eng kam me’yorlari belgilash maqsadga muvofiqligi asoslangan;
korxonalarda asosiy vositalar fond qaytimi va rentabelligini aniqlashda aynan tashish xizmatlarini ko‘rsatishda ishtirok etgan asosiy vositalardan olingan sof tushum va foydani hisobga olish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil` transporti korxonalarida iqtisodiy tahlilini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
aktivlar rentabelligini aniqlashda faoliyat bilan bog‘liq foydani aynan shu foydani shakllanishida qatnashgan aktivlarning o‘rtacha yillik qiymatiga nisbatan hisoblanadigan aktivlar sof rentabelligini aniqlash hamda aktivlar o‘rtacha yillik qiymatini hisoblashda faqat yil boshi va yil oxiridagi qiymatini emas, o‘rta oraliqdagi foyda ko‘rsatkichlari hisoblangan davrlar bo‘yicha olish (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 1/6395-son va “Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 18 dekabrdagi 1-16/439-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida aktivlar rentabelligi amaldagi hisoblanganidan aniq natijani bergan, foyda ishlab topishda qatnashmagan aktivlar hisobiga yoki ishlab topilmagan foyda hisobiga aktivlar rentabelligi ko‘rsatkichi bo‘yicha noto‘g‘ri axborot taqdim etishi bartaraf etilgan hamda ko‘rsatkichning ishonchlilik darajasini oshirishga xizmat qilgan;
avtomobil` transporti korxonalarida to‘lov qobiliyati koeffisientini hisoblashda joriy aktivlar va joriy majburiyatlarni balans ko‘rsatkichlaridan emas, ichki buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan olish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 1/6395-son va “Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 18 dekabrdagi 1-16/439-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida qobiliyati koeffisientini doimiy, joriy-real ma’lumotlar asosida aniqlash imkoniyati yaratishga xizmat qilgan;
avtomobil` transporti korxonalarida asosiy vositalarning yangilanish koeffisientini aniqlashda, buxgalteriya hisobi ichki hisob ma’lumotlardan foydalangan holda (buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan foydalanmasdan) yangidan sotib olingan, qurib bitkazilgan, umuman olganda har qanday shaklda buxgalteriya hisobiga asosiy vosita sifatida yil davomida qabul qilingan asosiy vositalar qiymati, shu kirim qilingan asosiy vositalar qiymatini ham qo‘shgan holda asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymatiga bo‘lish (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 1/6395-son va “Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 18 dekabrdagi 1-16/439-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida asosiy vositalarning eskirish darajalari, eskirish va yangilanish me’yorlari belgilash hamda aniq hisob-kitob qilish imkoniyati yaratishga xizmat qilgan;
fond qaytimi ko‘rsatkichini hisobot davrida asosiy vositalar ishtirokida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan sof tushumni hisobot davridagi mahsulot ishlab chiqarishda qatnashgan asosiy vositalarning arifmetik o‘rtacha qiymatiga bo‘lish orqali aniqlash (O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligining 2020 yil 18 noyabrdagi 1/6395-son va “Toshshahartransxizmat” AJning 2020 yil 18 dekabrdagi 1-16/439-son ma’lumotnomalari). Mazkur taklif natijasida fond qaytimi ko‘rsatkichining real summasi aniqlanib, asosli xulosalar va chora-tadbirlar ishlab chiqishga xizmat qilgan.