Ishmanova Dinora Nurmamad qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekiston neft`-gaz korxonalari infratuzilmalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish» (“O‘ztransgaz” AK misolida), 08.00.13–Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Iqt770.
Ilmiy rahbar: Kucharov Abrorjon Sobirjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidahror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik; Suyunov Dilmurod Xolmurodovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi neft`-gaz korxonalari infratuzilmalari faoliyatini innovatsion boshqaruvini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ichki iste’molchilar va eksportga tabiiy gaz etkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi tabiiy yo‘qotishlar me’yorini masofaga mutanosib ravishda ortib borish tartibida aniqlash taklifi asoslangan;
“O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi “Naqlgazmaxsusqurilish” AJida davlat boshqaruvini saqlab qolgan holda ularga xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan 49% aksiya ulushi miqdorda investisiya kiritish sharti taklif etilgan;
“O‘ztransgaz” AK, “AZIYaTRANSGAZ” QK, “Muborak gazni qayta ishlash zavodi” va “Ustyurt gaz kimyo kompleksi” korxonalari faoliyatida geologiya-qidiruv, qazib chiqarish, qayta ishlash va etkazib berish jarayonlari bo‘yicha “innovatsion klaster”larni tashkil etish taklifi asoslangan;
“O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi iqtisodiy nobarqaror korxonalarga beriladigan davlat subsidiyalarini qisqartirish maqsadida davlat xususiy sheriklik asosida boshqarish maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonda neft`-gaz korxonalari infratuzilmalarini boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
ichki iste’molchilar va eksportga tabiiy gaz etkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi tabiiy yo‘qotishlar me’yorini masofaga mutanosib ravishda aniqlash taklifi “O‘ztransgaz”AKning 2019 yil 11 dekabrdagi 1-son buyrug‘i bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ztransgaz”AKning 02-07-52/119-son ma’lumotnomasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 4 oktyabrdagi 892-son buyrug‘i, 892-060 raqamli guvohnoma). Natijada ichki iste’molchilarga, shu jumladan eksportga etkazib berilgan gaz hajmining texnologik yo‘qotishlari minimal darajaga keltirilgan.
“O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi “Naqlgazmaxsusqurilish” AJida davlat boshqaruvini saqlab qolgan holda ularga xorijiy va mahalliy investorlar tomonidan 49% aksiya ulushi miqdorda investisiya kiritish taklifi “O‘ztransgaz”AKning 2019 yil 11 dekabrdagi 1-son buyrug‘i bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ztransgaz”AKning 02-07-52/119-son ma’lumotnomasi). Natijada ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari (ulushlari) to‘liq xususiy sektorga sotiladigan davlat ishtirokidagi korxonalariga texnik-texnologik ko‘rinishda investisiyalarni jalb etish orqali strategik ahamiyatga ega bo‘lgan neft`-gaz korxonalarini boshqaruvini saqlab qolgan holda, tarmoqda moliyaviy barqaror bo‘lmagan korxonalarning iqtisodiy sog‘lomlashuviga erishilgan.
neft`-gaz korxonalarining raqobatbardoshligini oshirish va innovatsion infratuzilmalar foliyatini jadallashtirishda korxona amaliyotiga “innovatsion klaster”larni joriy etish taklifi “O‘ztransgaz”AKning 2019 yil 11 dekabrdagi 1-son buyrug‘i bilan joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi “O‘ztransgaz”AKning 02-07-52/119-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatiga innovatsion yondashuvlar orqali mehnat unumdorligini oshirish, fundamental loyihalar integratsiyasi hamda xorijiy investorlarni investision loyihalarga sarmoya kiritish uchun jalb etish va korxonaning investision jozibadorligini orttirishga xizmat qilgan;
neft`-gaz korxonalariga davlat subsidiyalarini qisqartirish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibidagi iqtisodiy nobarqaror korxonalarni davlat xususiy sheriklik asosida boshqarish asoslangan taklifi “O‘ztransgaz”AK ning 2019 yil 11 dekabrdagi 1-son buyrug‘i bilan joriy etilgan (“O‘ztransgaz”AKning 02-07-52/119-son ma’lumotnomasi). Natijada «O‘zbekneftgaz» AJ uchun 2024 yilga kelib uglevodorod xom ashyosi, shu jumladan tabiiy gaz qazib olish hajmini 42,3 milliard metr kubga va suyultirilgan gazni 1,5 million tonnaga etkazish prognozida, shu bilan iqtisodiyot tarmoqlari va aholining ehtiyojlarini to‘liq qondirishni, shuningdek, kompaniyaning daromadi ortishida foydalanilgan.