Saidrasulova Xolida Bekpo‘latovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida ishlab chiqarishda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.03–Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyo tfanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Iqt140.
Ilmiy rahbar: Xasanov Rustam Rabbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi  Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, Dsc.14/30.12.2019.I.84.01 
Rasmiy opponentlar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Muratova Shoxista Nimatullaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD),dotsent.
Yetakchi tashkilot:Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoatning neft`-gaz tarmog‘ida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat tarmoqlarida asosiy fondlarning mavjud quvvatlaridan foydalanish holatini tovarlar bozoridagi talab va taklifning o‘zgarishini qo‘shimcha hisobga olga holda tezkor doimiy monitoringini amalga oshirish uslubiyoti takomillashtirilgan;
asosiy fondlarni mehnat unumdorligiga ta’siri bevosita ularni texnologik qurollanganligiga bog‘liqligini e’tiborga olgan holda innovatsiya, harajatlar va foydalanish muddati koeffisentlarini qo‘llash orqali “texnologik sifat” darajasini aniqlash taklif etilgan;
asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari (rentabellik, eskirish darajasi, fond qaytimi va boshqalar)ning yagona elektronlashtirilgan informatsion platformasini shakllantirish orqali “raqamli fondlashtirish” tizimini tashkil etish bo‘yicha taklif ishlab chiqilgan;
“O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatida maqsadli amortizatsiya jamg‘armasini shakllantirish va innovatsion texnologiyalarni qo‘llashga qaratilgan asosiy fondlardan samarali foydalanishning 2020-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Raqamli iqtisodiyotga o‘tish sharoitida ishlab chiqarishda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqarishda asosiy fondlarni takror ishlab chiqarish va ulardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha doimiy “tezlashtirilgan monitoring o‘tkazish” uslubiyoti “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalar faoliyatida joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2018 yil 30 maydagi 05/17-3-136-son va 2020 yil 7 avgustdagi 08/38-435-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 
25 sentyabrdagi 04/15-2/10-124-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyotni amaliyotga joriy etilishi “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalar ishlab chiqarishida asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining 15 foizga oshishiga erishilgan;
ishlab chiqilgan “texnologik sifat” mezoni Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati korxonalari tomonidan amaliyotga joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2018 yil 30 maydagi 05/17-3-136-son va 2020 yil 7 avgustdagi 08/38-435-son ma’lumotnomasi, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2020 yil 
25 sentyabrdagi 04/15-2/10-124-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatining tegishli korxonalarida 2020-2030 yillarda ishlab chiqarishda asosiy fondlardan samarali foydalanish asosida tabiiy resurslarni qazib olish va uni qayta ishlashning yuqori o‘sish sur’atlari ta’minlangan;
asosiy ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo‘yicha takomillashtirilgan “raqamli fondlashtirish” uslubiyoti “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalarida joriy qilingan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2018 yil 30 maydagi 05/17-3-136-son va 2020 yil 7 avgustdagi 08/38-435-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiyotdan foydalanish natijasida “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalarida asosiy ishlab chiqarish fondlarni to‘liq raqamlashtirishga o‘tilishi, ularning tezkorlik bilan eskirish darajasini aniqlash va qayta baholashni o‘z vaqtida amalga oshirish imkoniyati yaratilgan;
ishlab chiqarishda asosiy fondlardan foydalanish samaradorligini oshirishga qaratilgan 2020-2025 yillardagi prognoz parametrlari “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibidagi korxonalar faoliyatida joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJning 2018 yil 30 maydagi 05/17-3-136-son, 2020 yil 7 avgustdagi 08/38-435 son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida asosiy ishlab chiqarish fondlaridan foydalanishning iqtisodiy samaradorligi, amortizatsiya darajasi, fond qaytimi va fond bilan qurollanish darajalarining oshishiga olib kelgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish