Qobilov Anvar Eshpo‘lotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hududlarni rivojlantirishda xorijiy investisiyalarning samaradorligini oshirish (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.12– Mintaqaviy iqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.2.PhD/Iqt182.
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatilla Xidirovich,iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor. Xolmuxamedov Muhsinjon Murodullaevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi.
Yetakchitashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarni rivojlantirishda xorijiy investisiyalar samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xorijiy investisiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini ko‘p omilli regressiya tenglamalarining elastiklik koeffisientlari orqali baholashga oid uslubiy yondashuvlar takomillashtirilgan;
Qashqadaryo viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning investisiya kiritishdagi rag‘batlantiruvchi motivlari va to‘siq omillari ilmiy asoslangan;
mintaqalardagi investisiya calohiyatini baholash mezonlari takomillashtirilib, tuman(shahar)lar investision salohiyatini baholash usuli ishlab chiqilgan;
ierarxik tahlil usuli (Analytic hierarchy process) yordamida xorijiy investisiyalarni hududlarning “o‘sish nuqta”larini belgilab beruvchi istiqbolli tarmoqlariga oqilona jalb qilish orqali xorijiy investisiyalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqilgan.
ARIMA modelining mavsumiylik indekslari kuzatilmagan tenglamalaridan foydalangan holda turli ssenariylar asosida Qashqadaryo viloyatining yalpi hududiy mahsulot va xorijiy investisiyalar oqimining o‘sish sur’atlari bo‘yicha 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarni rivojlantirishda xorijiy investisiyalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy investisiyalarning iqtisodiy rivojlanishga ta’sirini ko‘p omilli regressiya tenglamalarining elastiklik koeffisientlari orqali baholashga oid uslubiy yondashuvlar Qashqadaryo viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` yo‘llari qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2021 yil 15yanvardagi №04/133-sonli, O‘zbekiston Respublikasi avtomobil` yo‘llari qo‘mitasining 2021 yil 15yanvardagi №03-121-son, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 06-15-2-00757-son ma’lumotnomalari). Bu esa, xorijiy investisiyalar ishtirokidagi loyihalar ko‘lami va sifatini, samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyatida sanoat, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning investisiya kiritishdagi rag‘batlantiruvchi motivlari va to‘siq omillari bo‘yicha taklifi Qashqadaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2021 yil 15yanvardagi №04/133-son, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 06-15-2-00757-son ma’lumotnomalari). Bu esa, Qashqadaryo viloyatida xorijiy investorlar bilan individual ishlash tizimini yaratish va mavjud yoki yuzaga kelayotgan muammolarni tezkorlik bilan hal etish mexanizmlarini joriy etish imkonini bergan va natijada, 2020 yilda Qashqadaryo viloyatida hududiy loyihalar doirasida o‘zlashtirilgan xorijiy investisiyalar hajmi 2019 yilga nisbatan 105,6 foizga oshgan holda, 153,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan;
tuman (shahar)larning investision salohiyatini baholash bo‘yicha taklif qilingan uslubiyot Qashqadaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2021 yil 15yanvardagi 04/133-son, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 06-15-2-00757-son ma’lumotnomalari). Bu esa, investision salohiyat bo‘yicha tuman (shahar)lar reytingini aniqlash, investision salohiyati past bo‘lgan hududlarning investision salohiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda investision salohiyatdan foydalanish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ierarxik tahlil usuli (Analytic hierarchy process) yordamida xorijiy investisiyalarni hududlarning “o‘sish nuqta”larini belgilab beruvchi istiqbolli tarmoqlariga oqilona jalb qilish orqali xorijiy investisiyalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha taklifiQashqadaryo viloyati hokimligi va O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi amaliyotida foydalanilgan (Qashqadaryo viloyat hokimligining 2021 yil 15yanvardagi 04/133-son, O‘zbekiston Respublikasi Investisiyalar va tashqi savdo vazirligining 2021 yil 22 yanvardagi 06-15-2-00757-son ma’lumotnomalari). Bu esa, Qashqadaryo viloyatida 2020-2022 yillarda sanoat, qishloq ho‘jaligi, xizmat ko‘rsatish, turizm sohalari bo‘yicha xorijiy investisiyalar hisobidan umumiy qiymati 488,2 mln. AQSh dollar bo‘lgan hududiy investision loyihalar portfelini ishlab chiqish, Qashqadaryo viloyati tuman (shahar)larining salohiyati va “o‘sish nuqta”laridan kelib chiqqan holda, sanoati past rivojlangan tumanlarda 15 ta yirik va 110 ta yangi sanoat loyihalarini shakllantirishga xizmat qilgan.