Matnazarov Xayrulla Yuldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh suzuvchilarni dastlabki ixtisoslik bosqichida saralash uslubiyatini takomillashtirish”,13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped836.
Ilmiy rahbar: Kdirova Muxabbat Allaniyazovna,pedagogika fanlari nomzodi, dotsent. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami:  O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped 28.01.
Rasmiy opponentlar: Usmonxodjaev Talat Saidovich,pedagogika fanlari doktori, professor; Krasnova Galina Mansurovna,pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh suzuvchilarni dastlabki ixtisoslik bosqichida saralash samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni inobatga olgan holda saralash tizimi va tayyorgarlik jarayoni muvofiqligini  takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dastlabki ixtisoslik bosqichidagi yosh suzuvchilarni saralashda sport muvaffaqiyatini belgilovchi omillarning ta’sir ko‘rsatish darajasini tizimlashtirish hisobiga saralashning majmuaviy modeli ishlab chiqilgan;
yosh suzuvchilarni saralash tizimi samaradorligini oshirishda ko‘krakda krol usulida ko‘rsatgan natijalarning namunaviy chegarasi organizmning zo‘riqish va qayta tiklanish imkoniyatlari hisobiga dastlabki ixtisoslik bosqichida saralash uslubiyati takomillashtirilgan;
11-13 yoshli suzuvchilar nisbiy chidamkorlik ko‘rsatkichlari asosida har bir yosh bo‘yicha trenirovka yuklamalar nisbatini moslashtirish hisobiga ko‘p yillik tayyorgarlikning me’yoriy talablari ishlab chiqilgan;
yosh suzuvchilarni dastlabki ixtisoslik bosqichida sport natijalarining biologik etilishiga mos ravishda mashg‘ulotni boshqarishning bo‘g‘imlardagi harakatchanlik va egiluvchanlik sifatlarni doimiy o‘zgarishi hisobiga texnik tayyorgarlikka yo‘naltirilgan yangi model yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh suzuvchilarni saralash samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ilmiy-tadqiqot   natijalari  asosida:
yosh suzuvchilarni dastlabki ixtisoslik bosqichiga saralash samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tasnifi bo‘yicha takliflar “Suzishni o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 31 maydagi qarori asosida berilgan 237-291 raqamli guvohnomasi). Natijada, tavsiflangan omillardan shug‘ullanuvchilarning antropometrik ko‘rsatkichlari, jismoniy va texnik tayyorgarligi omillari orasidagi yuqori korrelyasion bog‘liqlikning  (Pirson shkalasi bo‘yicha mos ravishda 0,72%, 0,68% va 0,65%) mavjudligi aniqlangan; 
yosh suzuvchilarni ko‘krakda krol usulida ko‘rsatgan natijalarning namunaviy chegarasini aniqlash uslubiyati bo‘yicha takliflar “Suzishni o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 31 maydagi qarori asosida berilgan 237-291 raqamli guvohnomasi). Natijada, suzuvchilarni saralash bo‘yicha 15 ta ko‘rsatkichdan iborat namunaviy model` hamda 50 m va 100 m masofaga ko‘krakda krol usulida suzishga ixtisoslashgan sportchilar uchun sport natijalari bo‘yicha namunaviy modelni qo‘llash asosida o‘quv-trenirovka guruhlaridagi suzuvchilarni har xil suzish ixtisosliklariga saralash va yo‘naltirish imkoniyatlari oshirilgan;
ko‘krakda krol usulida suzuvchilar jismoniy va texnik tayyorgarligiga yo‘naltirilgan mashqlar majmuasi va uning ko‘llash me’yori bo‘yicha takliflar “Suzishni o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 31 maydagi qarori asosida berilgan 237-291 raqamli guvohnomasi). Natijada, o‘quv-trenirovka guruhida shug‘ullanuvchilarning jismoniy va texnik tayyorgarligini yaxshilash orqali ularning natijalari yaxshilanishiga, ya’ni 50 metr masofani to‘liq koordinatsiyada suzish vaqti tajriba guruhida nazorat guruhiga nisbatan 5,39% ga yaxshilangani (ishonchlilik darajasi r<0,05) kuzatilgan;
yosh suzuvchilarni dastlabki ixtisoslik bosqichida saralash bo‘yicha iqtidorli sportchilarni saralash dasturi va saralash modeli bo‘yicha takliflar “Suzishni o‘rgatish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qoshidagi Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2021 yil 31 maydagi qarori asosida berilgan 237-291 raqamli guvohnomasi). Natijada, dastlabki ixtisoslik bosqichidagi suzuvchilarning haftalik mashg‘ulot dasturi quruqlikda va suvda bajariladigan mashqlarni qo‘llash asosida optimallashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish