Tadjibaeva Muyassar Karimbaevnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining salomatligi vaqt va hududiy ko‘rsatkichlar dinamikasining qonuniyatlari va ularni atrof-muhit holatiga bog‘liqligi», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/B457.
Ilmiy rahbar: Mambetullaeva Svetlana Mirzamuratovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Yunusov Xudaynazar Beknazarovich, biologiya fanlari doktori, professor; Maturazova El`mira Matiyazovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Xorazm Ma’mun akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisining salomatligi vaqt va xududiy ko‘rsatkichlar dinamikasining atrof-muhit holatiga bog‘liqligini baholashdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘istonning keskin kontinental sharoitida aholi salomatligi xolatining tarkibiy ko‘rsatkichlari  atrof-muhit omillarining spesifik ta’siri va tarqalishiga bog‘liq holda aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston aholisi kasallanishining hududiy-vaqtinchalik dinamikasi asosida kasalliklarning rivojlanish havfi va ekologik vaziyatni bashorat qilishning asosiy bioindikatorlari aniqlangan; 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi subpopulyasiyasida hududiy farqlash va nozologik shakllarning tarqalishi darajasida sog‘liqni saqlash sifatining ekologik parametrlari aniqlangan; 
mintaqadagi atrof-muhit parametrlarining ifloslanish dinamikasini hisobga olgan holda, aholi salomatlik darajasini hududiy farqlash bo‘yicha ekologik yondashuv  ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholi salomatligi ko‘rsatkichlari hududiy-davriy dinamikasining qonuniyatlari va ularning atrof-muhit holati bilan bog‘liqligini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
mintaqaning barqaror rivojlanishida Janubiy Orolbo‘yi tabiiy va antropogen ekotizimlarni boshqarish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi amaliyotida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasining 2020 yil 12 avgustdagi 02/18-1-1488-son ma’lumotnomasi) Natijada, tumanli tabaqalashtirishga bog‘liq xolda, Qoraqalpog‘iston aholisida kasalliklar rivojlanish xavfining asosiy bioindikatorlarni aniqlash imkonini bergan; 
Qoraqalpog‘istonda ekologik vaziyatning rivojlanishi va aholi salomatligi holati ko‘rsatkichlar dinamikasini aniqlash bo‘yicha olingan ma’lumotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 02/4122-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sharoitida atrof-muhitni muhofaza qilishning yagona idoralararo tizimini yaratish va uni takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish  imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish