Sobirjonov Raxmatjon Rustambek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy xomashyo asosida rezina uchun moy-plastifikatorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T.1777.
Ilmiy rahbar: Xamidov Bosit Nabievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy xomashyo asosida rezina uchun moy-plastifikatorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi moylarni selektiv tozalash ekstraktlari (III-moy fraksiyasi ekstrakti va qoldiq ekstraktlari) aralashamlaridan polisiklik aromatik birikmalarni olib tashlash uchun erituvchi sifatida suyuq propandan foydalanish usuli ishlab chiqilgan;
neft` moylari ekstraktlari aralashmalarini suyuq propan erituvchi yordamida tozalash orqali effektiv plastifikatorlar olish asoslangan;
ekstrakt aralashmasi massasining 5% qaynash harorati 4000S dan kam bo‘lmagan va 1000S da qovushqoqligi 20 mm2/s kam bo‘lmaganda suyuq propan yordamida tozalash jarayonining optimal texnologik parametrlari, ya’ni deasfal`tizatsiya kolonnaning yuqori qismidagi harorat - 800S, propanning xomashyoga nisbati – 8:1 (hajm bo‘yicha), deasfal`tizatsiya kolonnasi balandligi bo‘yicha harorat gradienti - 200S ekanligi aniqlangan;
neftni qayta ishlash sanoatining ikkilamchi xomashyosi asosida elastomer kompozisiyalari uchun moy-plastifikatorlari olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
yaratilgan plastifikator asosida elastomer kompozisiyalari olish tarkibi va texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy xomashyo asosida rezina uchun moy-plastifikatorlarini olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
neftni qayta ishlash zavodi moylarni selektiv tozalash ekstraktlari (III-moy fraksiyasi ekstrakti va qoldiq ekstraktlari) aralashamlaridan polisiklik aromatik birikmalarni olib tashlash uchun erituvchi sifatida suyuq propandan foydalanib moy-plastifikator ishlab chiqish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 23 oktyabrdagi 03/17-5/109-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy xomashyolar asosida moy-plastifikator olish imkonini bergan;
neftni qayta ishlash zavodida ishlatiladigan moylarni fenolli tozalash qurilmasi chiqindilaridan yuqori sifatli moy plastifikatorlari olish texnologiyasi «O‘zbekneftgaz» AJning «2021-2023 yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2020 yil 23 oktyabrdagi 03/17-5/109-son ma’lumotnomasi). Natijada, chetdan olib kelinadigan moy plastifikatorlari hajmini kamaytirish orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish va atrof-muhitga keltiriladigan zararni kamaytirish imkonini bergan.