Berdieva Malika Ibodulloevnaning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Kimyo sanoati chiqindilari asosida polikondensatsion turdagi ion almashinish polimerlarini olish texnologiyasi», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/T1.

Ilmiy rahbar: Turobjonov Sadriddin Maxamatdinovich,texnika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.

Rasmiy opponentlar: Abduraximov Saidakbar Abduraxmanovich, texnika fanlari doktori, professor; Abdugafurov Ibroximdjan Azizovich, kimyo fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kub chiqindilari va gidroliz sanoati ikkilamchi mahsuloti furfurol asosida yangi mavjud, arzon, termo-kimyoviy, mexanik mustahkam polikondensatsion turdagi ion almashuvchi polimerlar olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

ionogen gruppalarini kiritish uchun ShGKM kub chiqindilari va furfurol asosida polikondensatsiya reaksiyasi yo‘li bilan polimer olish usuli ishlab chiqilgan;

polimerlarni hosil bo‘lishi reaksiyaning boshlang‘ich monomerlar konsentratsiyasiga, katalizatorlar, reaksiya haroratiga bog‘liqligi aniqlangan;

olingan polimerni sul`firlash jarayoni texnologik rejimi ishlab chiqilgan;

olingan ionitlarni amalda qo‘llash maqsadida zamonaviy fizik-kimyoviy tahlil usullarini qo‘llab kationitlarning asosiy xossalari aniqlangan;

olingan kationitlar kimyo, gidrometallurgiya korxonalarida hamda artezian suvlarini yumshatish jarayonlarida qo‘llanilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Sanoat suvlarini demineralizatsiyalash va tozalash uchun yangi ion almashuvchi polimerlar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi kub chiqindilari va furfurol asosida yangi sul`fokationitlar olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (IAP 04635, 2012). Ushbu usul yangi arzon mavjud termo-kimyoviy, mexanik mustahkam kationit olish imkoniyatini beradi;

sintez qilingan ion almashuvchi polimer «O‘zkimyosanoat» AJ korxonalari amaliyotiga qo‘llanilgan («O‘zkimyosanoat» AJning 2016 yil 30 sentyabrdagi 03-3184/M-son malumotnomasi). Natijada sul`fokationit qozonxona sexlari suvlarini yumshatishga tavsiya etish imkonini beradi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish