Yusupov Yusufbay Saidjonovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Termoplastik bog‘liq masalalarning matematik va sonli modellari», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/FM454.
Ilmiy rahbar: Xaldjigitov Abduvali Abdisamadovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Aloev Raxmatillo Djuraevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi deformatsion va oqim plastik nazariyalari asosida dinamik termoplastik bog‘liq chegaraviy masalalarni echish uchun matematik va sonli modellarni ishlab chiqish va dasturiy ta’minotini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
oqim va deformatsion termoplastik nazariyalari asosida dinamik bog‘liq chegaraviy masalalar qurilgan;
oqim va deformatsion termoplastik nazariyalarining dinamik bog‘liq chegaraviy masalalari uchun oshkor va oshkormas ko‘rinishida simmetrik chekli-ayirmali sxemalar qurilgan;
dinamik termoplastiklikning bog‘liq chegaraviy masalalari sonli echilgan;
turli xil termomexanik boshlang‘ich va chegaraviy shartlar ostida bo‘lgan sterjen`, to‘rtburchak va parallelepipedlar uchun dinamik bog‘liq termoplastik chegaraviy masalalar sonli echilgan;
temperaturaning taqsimlanishi va plastik zonalarning paydo bo‘lishi, hamda ularning qattiq jismlarning kuchlanganlik-deformatsiyalanish holatiga ta’siri aniqlangan;
ko‘p o‘lchovli dinamik bog‘liq termoplastik chegaraviy masalalarni sonli echish algoritmlari va dasturiy ta’minoti yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
dissertatsiyada chiziqsiz termoplastik masalalar uchun ishlab chiqilgan oshkor va oshkormas chekli-ayirmali sxemalar A-14-45 «Murakkab konfiguratsiyali kompozit plastina mustahkamligini hisoblashning nochiziqli muammolari» mavzusidagi grant doirasida anizotrop plastina uchun chekli-ayirmali tenglamalarni tuzishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 16 yanvardagi №89-03-258-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi anizotrop plastinalarning harakat tenglamalari uchun turli chegaraviy shartlarda sonli modellarni qurish imkonini bergan;
termoplastik masalalarni sonli echish va ularning natijalarini vizuallashtirish uchun ishlab chiqilgan dasturiy ta’minotdan «BEK ASL VOHID» MChJda binolarni loyihalashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligining 2020 yil 3 fevraldagi №910/09-07-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanilishi loyihalashtirish ishlarining aniqligi va samaradorligini oshirishga imkon bergan.