Nosirov Jasur Tursunpulotovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Sug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Iqt1498.
Ilmiy rahbar: Burxanov Aktam Usmanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01.
Rasmiy opponentlar: Tashmuradova Buvsara Egamovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Nurillaev Abdulaziz Sirojiddinovich,iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchitashkilot:«Kafolatsug‘urtakompaniyasi» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadisug‘urta kompaniyalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta kompaniyalarida davlatning 25 foizgacha ulushini bosqichli reja asosida sotish orqali  qo‘shimcha kapital hajmini oshirish taklifi asoslangan;  
daromadlar 20 foizigacha miqdordagi ajratmalar hisobiga, ularni chegiriladigan xarajatlarga kiritgan holda sug‘urta zaxira jamg‘armasini mustahkamlash taklifi asoslangan;
ogohlantirish chora-tadbirlar zaxirasi (OChZ)ni shakllantirish bo‘yicha foiz stavkalarini bekor qilish asosida 25 foizgacha qo‘shimcha  moliyaviy resurslar jalb qilish orqali kompaniya moliyaviy barqarorligini ta’minlashga erishish taklifi asoslangan;
sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini baholashda integrallashgan ko‘rsatkichlar shkalasiga sug‘urta zaxiralari va nomoddiy aktivlar ko‘rsatkichlarini kiritishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tadqiqot natijasida sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy natijalar asosida:
ustav kapitalida davlat ulushi bo‘lgan sug‘urta kompaniyalarida davlatning yigirma besh foizgacha ulushini bosqichli reja asosida sotish orqali  qo‘shimcha kapital xajmini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 2 avgustdagi PQ-4412-son “O‘zbekiston respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qarorida o‘z aksini topgan (“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 8 yanvardagi 01-01/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif asosida “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ davlat ulushining 25 foizi xususiylashtirish maqsadida  sotuvga qo‘yildi va 2020 yil iyun` oyida 22 mlrd.so‘mga investorlar tomonidan sotib olishga imkoniyat yaratilgan;
daromadlar yigirma foizigacha miqdordagi ajratmalar hisobiga, ularni chegiriladigan xarajatlarga kiritgan holda sug‘urta zaxira jamg‘armasini mustahkamlash taklifi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 8 yanvardagi 01-01/69-son bayonnoma qarori asosida “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 8 yanvardagi 01-01/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llanilishi orqali “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ sug‘urta kompaniyasining 2019 yil yakuni bo‘yicha 680,0 mln. so‘m zaxira fondiga ajratish imkonini bergan, buning natijasida to‘lov qobiliyatlilik marjasi 2,42 ni tashkil etishiga erishilgan;
ogohlantirish chora-tadbirlar zaxirasi (OChZ)ni shakllantirish bo‘yicha foiz stavkalarini bekor qilish asosida yigirma besh foizgacha qo‘shimcha  moliyaviy resurslar jalb qilish orqali kompaniya moliyaviy barqarorligini ta’minlashga erishish taklifi “Kapital sug’urta” AJning 2020 yil 22 dekabrdagi 01/2838-son bayonnoma qarorida o‘z aksini tongan (“Kapital sug’urta” AJning 2020 yil 22 dekabrdagi 01/2838-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etish «KAPITAL SUG’URTA” AJ ga 2020 yil ixtiyoriy sug‘urta turlari bo‘yicha 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni tejash imkonini bergan;
sug‘urta zaxiralari va nomoddiy aktivlar ko‘rsatkichlarini sug‘urta kompaniyalari moliyaviy barqarorligini integrallashgan ko‘rsatkichlar shkalasiga kiritish orqali moliyaviy barqarorlikni prognoz qilish taklifi “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 8 yanvardagi 01-01/69-son bayonnoma qarori asosida “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ faoliyatiga joriy etilgan (“Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJning 2021 yil 8 yanvardagi 01-01/69-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni tadbiq etish natijasida “Kafolat sug‘urta kompaniyasi” AJ sug‘urta kompaniyasining 2020 yilning 9 oy yakunlari bo‘yicha sof foyda miqdori  3 122,4 mln. so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 13,3 foiz(%)ga oshirishga erishilgan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish