Xayredinova Inara Il`gizovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gashish va tramadolni birgalikda suiste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan ruhiy va xulq-atvor buzilishlari», 14.00.18 – Psixiatriya va narkologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib678.
Ilmiy rahbar: Ashurov Zarifjon Sharifovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, DSc. 04/30.12.2019.Tib.31.01.
Rasmiy opponentlar: Tursunxodjaeva Lyudmila Aleksandrovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaeva Vasila Karimbekovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: gashish va tramadolni birgalikda suiste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan ruhiy va xulq-atvor buzilishlarining rivojlanish omillari va klinik-dinamik xususiyatlari asosida davolash-profilaktika xizmatini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gashish va tramadolga birgalikda qaramlikning klinik-dinamik xususiyatlari, klinik-sindromologik polimorfizmi xamda o‘zaro ta’siri aniqlangan;
polinarkomaniya shakllanishida yuqori xavfi mavjud bo‘lgan shaxslarning patoxarakterologik rivojlanishiga ta’sir etuvchi biologik, ijtimoiy-psixologik omillarning prognostik mezonlari aniqlangan;
gashish va tramadolga birgalikda qaramlik kuzatilgan shaxslarda o‘rta darajada susaygan kognitiv disfunksiyalarning pasayishi aniqlangan;
ruhiy va hulq-atvor buzilishlarining shakllanishining biopsixosotsial modeliga asoslangan polinarkomaniyaning differensiallashgan davolash va profilaktik chora-tadbirlari optimallashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gashish va tramadolni birgalikda qo‘llash natijasidagi ruhiy va xulq-atvor buzilishlarining klinik xususiyatlari va differensial diagnostikasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gashish va tramadolni birgalikda suiste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan ruhiy va xulq-atvor buzilishlarining rivojlanish omillari va klinik-dinamik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida «Yoshlar orasida gashish va tramadol kabi giyohvand moddalarni iste’mol qilishning oldini olish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 1 iyuldagi 8n-d/84-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gashish va tramadolga poliqaramlik shakllanishiga moyil bo‘lgan shaxslarni osonlik bilan aniqlashga va profilaktika choralarini optimallashtirishga imkonini bergan;
gashish va tramadolni birgalikda qo‘llash natijasida kelib chiqadigan ruhiy va xulq-atvor buzilishlariga oid ilmiy tadqiqotlar natijalar sog‘liqni  saqlash amaliѐtiga, jumladan, Chirchiq shahar tibbiyot birlashmasi va Andijon viloyati psixonevrologik dispanserining klinik amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 15 fevraldagi 8n-z/34-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalari narkolog shifokorlarni polinarkomaniya shakllanishining va kasallik qaytalanishining oldini olish, tabaqalashtirilgan davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish