Karimjanov Otabek Abdug‘affor o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish (oliy ta’lim muassasalari misolida)”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Ped490.
Ilmiy rahbar: Begimkulov Uzokboy Shoimkulovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Xolboy Ibragimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Erkaboeva Nigora Shermatovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlari malakasini oshirish kurslarida tinglovchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqarishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tinglovchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentligi kasbiy faoliyatga aloqador tashkiliy komponentlarni mazmunli-akmeologik  va didaktik algoritmga mutanosib tarzda qo‘llash asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish kurslarida tinglovchilarning intellektual harakatchanligi o‘qituvchining o‘zini o‘zi faollashtirishning akmeologik, shaxsga yo‘naltirilgan ehtiyojlari individual ta’lim traektoriyalarini bashoratli, belgilash asosida rivojlantirilgan;
malaka oshirish kurslarida tinglovchilarning axborotlar bilan ishlash bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish modeli o‘quv jarayoni sub’ektlarining akmeologik, o‘zgaruvchanlik samaradorligini oshirishning amaliy-texnologik tizimini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning yangi vektoriga modellashtirish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish kurslari tinglovchilarining axborotlar bilan ishlash ko‘nikmalari ijodiy fikrlash, kommunikativ dialog va aks etuvchi qobiliyatlarni rivojlantirishga pedagogik ta’sir vositalari tarkibini vaqtinchalik va fazoviy chegaralarni belgilash asosida takomillashtirilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish kurslarida tinglovchilarning axborotlar bilan ishlash kompetentliligini rivojlantirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
tinglovchilarning malaka oshirish kurslarida axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish mezonlari (motivatsion, kognitiv va faoliyatli-refleksiv)ni o‘qituvchining tayanch, xususiy, va metodik kompetentligini diagnostik loyihalashga oid takliflar oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarining malakasini oshirish mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan DTS ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5349-son ma’lumotnomasi). Natijada, nazariy-metodologik hamda pedagogik-psixologik tahlil etish hisobiga tinglovchilarda axborotlar bilan ishlash kompetentligini rivojlantirish bosqichlarini takomillashtirilgan;
malaka oshirish kurslarida axborotlar bilan ishlash bosqichlari davriyligi prognostik metodlarni takomillashtirishga oid takliflar Toshkent davlat pedagogika universitetida 2018-2020 yillarda bajarilgan PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5349-son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlar bilan ishlash kompetentliligini prognostik metodlarni takomillashtirish hisobiga didaktik va o‘quv-uslubiy majmualarni takomillashtirish imkoniyati yaratilgan.
malaka oshirish kurslari o‘quv modullari mazmuni tabiiy va virtual muhit shakllari motivatsion modulli yondashuv hamda malaka oshirish kurslarida axborotlar bilan ishlash bo‘yicha kompetentligini rivojlantirish modelini takomillashtirishga oid  takliflar “Umumiy pedagogika” darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 18 dekabrdagi 89-03-5349-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kursining o‘quv modullari mazmunini didaktik vositalar asosida takomillashtirish hisobiga tinglovchilarda axborotlar bilan ishlashning diagnostik tizimi takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish