Juraev Asror Baxtiyor o‘g‘lining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotlari asosida yangi polimerlarni yaratish», 02.00.14–Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2017.1.DSc/T2.
Ilmiy maslahatchi: Magrupov Farxod Asadullaevich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya instituti, DSc.27.06.2017.T.04.01.
Rasmiy opponentlar: Sayfutdinov Ramziddin Sayfutdinovich, texnika fanlari doktori, professor; Ikramov Abduvaxob, texnika fanlari doktori, professor; Muxamediev Muxtar Ganievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ikkilamchi polietilentereftalatni alkogolizlash sharoitini aniqlash va ular asosida to‘yinmagan poliefirlarning maxsus markalarini olish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
alkogoliz mahsulotlarining tarkibi, strukturasi, funksionalligi va molekulyar massasi ikkilamchi polietilentereftalat: glikol` molyar nisbati bilan belgilanishi o‘rganilib, ikkilamchi polietilentereftalatning glikollar bilan alkogolizlash jarayoni aniqlangan;
turli faktorlarning (alkogolizlashning harorati, davomiyligi, monomerlar nisbati) yakuniy mahsulot xossalariga ta’sirini aniqlash natijasida ikkilamchi polietilentereftalatning dietilenglikol bilan alkogoliz jarayonining reaksion muhitda quyi va yuqori molekulyar massali mahsulotlarning mavjudligi xoli uchun matematik model yaratilgan;
turli funksionalli alkogoliz mahsulotlari asosida bir qator to‘yinmagan poliefir olingan va ular hisobiga to‘yinmagan poliefirlar strukturasida aromatik guruhlarning ortirib, ularning mexanik xususiyatlari oshgani isbotlangan;
malein angidridining avvaliga alkogoliz mahsuloti tarkibidagi bo‘sh diglikollar bilan, so‘ngra gidroksil saqlovchi poliefirpoliollar bilan ta’sirlanishi aniqlanganidan kelib chiqqan holda to‘yinmagan poliefirlar hosil bo‘lishining jarayoni ishlab chiqilgan;
ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotlari asosida to‘yinmagan poliefirlarning PN-MA-02, PN-MA-03, PN-MA-03A kabi yangi markalarini olish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotlarini qayta ishlash asosida:
ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotini polikondensatsiyalash asosida to‘yinmagan poliefirlarni olish usuliga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04103, 2010). Ilmiy tadqiqot natijasida yaratilgan usul polimer kompozision materiallar olishga imkon beradi;
ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotini qisman qo‘llash orqali qog‘oz kompozisiyasini olishga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan (№IAP 04622, 2012). Ilmiy tadqiqot natijasida alkogoliz mahsuloti qog‘ozning mustahkamligini oshirish imkonini beradi;
ishlab chiqarilgan to‘yinmagan poliefirlarga korxona standarti (KSt 64-05755737-164:2017) ishlab chiqilgan va AJ «Uzkabel» qo‘shma korxonasi tomonidan tasdiqlangan. Korxona standarti import hisobiga chetdan kirib kelayotgan poliefir smolalari o‘rniga ikkilamchi polietilentereftalat asosida olingan poliefirni ishlatish imkonini beradi;
ishlab chiqarilgan PN-MA-03, PN-MA-03, PN-MA-03A markali to‘yinmagan poliefirlar kompozision va shishaplastik quvurlar ishlab chiqarilishida tatbiq qilingan («O‘zeltexsanoat» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 30 yanvardagi 04-136-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonada chetdan import evaziga olib kelinayotgan to‘yinmagan poliefir qatronini ishlab chiqarilgan qatron bilan almashtirishga erishiladi.