Shodiev Xamza Ro‘ziqulovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft`-gaz sanoati uskunalari uchun antikorrozion kompozision materiallar va ular asosidagi qoplamalarni ishlab chiqish va ularni olish texnologiyasi», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 2020.4.PhD/T1910.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjan Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Negmatova Komila Sayibjonovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Roziqov Komil Xoliqovich, kimyo fanlari doktori, professor; Teshabaeva Elmira Ubaydullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: neft`-gaz sanoati uskunalari uchun antikorrozion kompozision materiallar va ular asosidagi qoplamalarni yaratish hamda ularni olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
korroziyaga qarshi kompozisiyaning organomineral ingredientlari o‘rtasida yuzaga keladigan fizik-kimyoviy jarayonlarning xususiyatlari aniqlangan;
ishlab chiqilgan antikorrozion kompozision kimyoviy ingibirlovchi materiallarning fizik-kimyoviy, fizik-mexanik va texnologik xossalarini shakllantirishda komponentlarning samarali tarkibi ishlab chiqilgan;
import o‘rnini bosuvchi yangi samarali tarkiblar yaratish imkonini beradigan ingredientlarning tabiati, tuzilishi, tarkibi, miqdori va nisbatiga qarab qoplamalarning xususiyatlari o‘zgarishining asosiy omillari aniqlangan;
neft` va gaz sanoati uskunalari va mexanizmlarini korroziyadan himoya qilish uchun kompozision ingibirlovchi materiallar va ulardan qoplamalar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Neft`-gaz sanoati uskunalari uchun antikorrozion kompozision materiallar va ular asosidagi qoplamalarni yaratish va ularni olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Antikorrozion kompozision ingibirlovchi materiallar va ular asosidagi qoplamalar» uchun tashkilot standarti «Neft` va gaz kuduklarini sinash» AJda bilan o‘rnatilgan tartibda kelishilgan holda ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Ts 14952796-016:2019). Natijada, antikorrozion kompozision ingibirlovchi materiallar va ular asosidagi qoplamalarni olish, neft` va gaz sanoati asbob uskunalarni agressiv muhit ta’siridan himoyalash imkonini bergan;
antikorrozion kompozision ingibirlovchi materiallar va ular asosidagi qoplamalar «Neft` va gaz kuduklarini sinash» AJda amaliyotga joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 26 yanvardagi 03-17-5/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` va gaz sanoati uskunalarini korroziyadan himoyalash hamda neft` va gaz quduqlarini ishlash qobiliyati va samaradorligini oshirish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan antikorrozion kompozision ingibirlovchi materiallar va ular asosidagi qoplamalar «Burg‘ulash va tamponaj eritmalari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish» uchastkasidagi nasos-kompressor quvurlarini xlorid kislotali korroziyadan himoyalashda joriy etilgan («O‘zbekneftgaz» AJning 2021 yil 26 yanvardagi 03-17-5/14-son ma’lumotnomasi). Natijada, nasos-kompressor trubalarni kislotali korroziyadan himoyalash va ularning umrboqiyligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish