Obidov Sarvarbek Muzaffar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Avtomobil` sanoati korxonalarida innovatsion boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Iqt.777.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat trasnport universiteti, DSc.15/31.12.2020.I.09.04.
Ilmiy rahbar:SharifxodjaevUsmanUlfatovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Rasmiy opponentlar: Saidov Muxammad Ali Xakimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gulamov Abdulaziz Abdullaevich iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi:O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi:nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi avtomobil` sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy tavsiya hamda takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatni tashkil etish yo‘nalishlarini ball tizimi asosida har bir ko‘rsatkichining haqiqiy va normativ qiymatlari o‘rtasidagi nisbatni tavsiflovchi koeffisientlariga (1-guruh uchun: = 0,7,
2-guruh uchun: = 0,3 ball) asoslangan holda milliy avtomobilsozlik sanoati korxonalarida innovatsion boshqarish samaradorligini mehnat, ishlab chiqarish va boshqarishni tashkil etish (MIChBTE)ni kompleks baholash mezoni ishlab chiqilgan;
tarmoqdagi ilmiy-tadqiqot va moddiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik hamda ular orasidagi teskari aloqalarni e’tiborga olgan holda soha rivojlanishining istiqbolli prognoz qilish imkoniyatini beruvchi milliy avtomobil`sozlik sanoatining innovatsion salohiyatini asoslash modeli taklif qilingan;
ilg‘or xorijiy tajriba (CRM, PR & SMM, E-Commerce) asosida milliy avtosanaotning mijozlar bilan o‘zaro munosabatlari, ijtimoiy media va tarmoq marketingining xususiyatlarini e’tiborga olgan holda sohani yanada liberal-lashtirish, xalqvaro bozorlar segmentiga mustahkam kirib borish hamda tizimdagi ajratma va soliqlarni har bir turini qayta ko‘rib chiqish asoslangan;
innovatsion jarayonlarni samarali boshqarish, global avtomobilsozlik sanoatiga ilmiy-texnologik jihatdan integratsiyalashuvini chuqurlashtirish, milliy ishlab chiqaruvchilar va avtomobil uskunalari iste’molchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda avtomobil` parkini mahalliy mahsulotlar bilan yangilashga qat’iy yo‘naltirilgan sanoat siyosatini olib borishning maqsadga muvofiqligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Avtomobil` sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarni boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqarishni tashkil etish va mehnatni tashkil etish yo‘nalishlarini ball tizimi asosida MIChBTEni kompleks baholash mezoni GM-Uzbekistan qo‘shma korxonasi faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2020 yil 25 noyabrdagi 17/04-25-1702-son ma’lumotnomasi). Taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida avtomobil` sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarning takomillashuviga erishilgan;
tarmoqdagi ilmiy-tadqiqot va moddiy ishlab chiqarish o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik hamda ular orasidagi teskari aloqalarni e’tiborga olgan holda soha rivojlanishining istiqbolli prognoz qilish imkoniyatini beruvchi milliy avtomobil`sozlik sanoatining innovatsion salohiyatini asoslash modeli “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi sub’ektlar faoliyatiga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2020 yil 25 noyabrdagi 17/04-25-1702-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflarni amaliyotda qo‘llash orqali soha korxonalaridagi IJB samaradorligini yanada oshirish imkonini bergan;
ilg‘or xorijiy tajriba (CRM, PR & SMM, E-Commerce) asosida milliy avtosanaotning xususiyatlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgantakliflar “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar faoliyatga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2020 yil 25 noyabrdagi 17/04-25-1702-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifni amaliyotda qo‘llash natijasida avtomobil` sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarning takomillashuviga erishilgan hamda rentabellik, mahsulot ishlab chiqarish hajmi, eksport hajmining oshirish va mahsulot bahosini pasayishiga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratgan;
sohani davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda avtomobil` parkini mahalliy mahsulotlar bilan yangilashga qat’iy yo‘naltirilgan sanoat siyosatini olib borishning maqsadga muvofiqligi bo‘yicha takliflar “O‘zavtosanoat” AJ tizimidagi korxona va tashkilotlar faoliyatga joriy etilgan (“O‘zavtosanoat” AJning 2020 yil 25 noyabrdagi 17/04-25-1702-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalarning amaliyotda qo‘llash tufayli avtomobil` sanoati korxonalarida innovatsion jarayonlarni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmlarini takomillashuviga erishilgan.