Bekjanov Dilmurad Yo‘ldashovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Innovatsion yondashuvlar asosida turistik destinatsiya raqobatbardoshligini oshirish mexanizmlarini takomillashtirish»,08.00.17-Turizm va mehmonxona faoliyati(iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:B2020.4.PhD/Iqt568.
Ilmiy rahbar: Ruzmetov Baxtiyar, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar:Pardaev Mamayunus Qarshiboevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor;Navruz-Zoda Baxtiyor Negmatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchitashkilot:Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuvlar asosida turistik destinatsiya raqobatbardoshlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiya va amaliy takliflarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xiva aqlli turistik destinatsiyasini tashkil qilishning tashkiliy-uslubiy asoslarining to‘rt mezoni (barqaror rivojlanish va mahalliy aholi farovonligini oshirish; destinatsiyaning barcha tashrif buyuruvchilar uchun ochiqlikligi; innovatsion AKTni tadbiq qilish; turizm sohasida innovatsiya, menejment va yangi bilimlarni tadbiq qilish imkoniyati) hamda “Aqlli” turistik destinatsiya ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan;
“turizm qishlog‘i” va “turizm mahallasi” subdestinatsiyasi hamda “turistik mahalla tadbirkorlik markazi”ni tashkil qilish negizi  gastronomik, agro-, eko- va etnik turizm yo‘nalishlaridagi turistik klasterlarni shakllantirish asoslangan;
Xiva turistik destinatsiyasiga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar oqimi, uning mavsumiy va vaqtli ko‘rsatkichlarini hamda kelajakda turistik destinatsiyani rivojlantirish jarayonlarini optimallashtirishga asoslangan mavsumiy ARIMA ekonometrik modeli ishlab chiqilgan;
aqlli turistik destinatsiya va klasterlar tashkil etish ustuvorligida Xiva turistik destinatsiyasining 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion yondashuvlar asosida turistik destinatsiya raqobatbardoshlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xorijiy va mahalliy sayyohlar orasida L.Dver va S. Kimlarning turistik destinatsiya raqobatbardoshligini oshirishning konsepsual modeli asosida so‘rovnoma o‘tkazilgan. So‘rovnomaga asosan, Xiva turistik destinatsiyasi raqobatbardoshligi va jozibadorligini ifodalovchi asosiy omillar aniqlangan va muhimliklik darajasi bo‘yicha tabaqalashtirilgan. Shu asosda turistik destinatsiya raqobatbardoshlik mexanizmlarini yanada takomillashtirishyuzasidan ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 26 noyabrdagi 02-16/5628-sonli va Xorazm viloyati hokimligining 2020 yil 25 noyabrdagi I5-5292-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning amalga oshishi hududlarda turizm infratuzilmasi korxonalarining ulushini 3-5 foizgacha, tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar sonini 15-20 foizgacha oshirish imkonini beradi;
har bir turistik destinatsiyada innovatsion yondashuvlar asosida “turizm qishlog‘i” va “turizm mahallasi” subdestinatsiyasini tashkil etish yuzasidan asosangan takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 26 noyabrdagi 02-16/5628-sonli va Xorazm viloyati hokimligining 2020 yil 25 noyabrdagi I5-5292-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu qishloq va mahallalarni tashkil qilishda Xorazm vohasining “pazandachilik brendi” qadimiy an’anaviy mevalaridan karvak olma, yurt nashvatisi, anor, uzum, va anjir etishtirishga ixtisoslashtirish asosida gastronomik, agro-, eko- va etnik turizmni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan;
Xiva turistik destinatsiyasi uchun ishlab chiqilgan aqlli turistik destinatsiyani tashkil qilish loyihasini bosqichma-bosqich amalga oshirish algoritmi asosida sohada tizimli tahlilni amalga oshirish, aqlli turistik destinatsiyasin konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, blokcheyn texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan takliflarO‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 26 noyabrdagi 02-16/5628-sonli va Xorazm viloyati hokimligining 2020 yil 25 noyabrdagi I5-5292-sonli ma’lumotnomalari). Ushbu takliflarning qo‘llash asosida turistik destinatsiyaning innovatsion salohiyati, jozibadorligi va raqobatbardoshligini yanada oshishiga erishilgan;
Xiva turistik destinatsiyasiga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlar oqimi har tomonlama tahlil qilinib, vaqtli ko‘rsatkichli qatorlarga asoslangan mavsumiy ARIMA ekonometrik modeli ishlab chiqilgan va kelajakda turistik destinatsiyani rivojlantirish ko‘rsatkichlari asosidagi ilmiy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi  va Xorazm viloyati hokimligi amaliyotiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 26 noyabrdagi 02-16/5628-sonli va Xorazm viloyati hokimligining 2020 yil 25 noyabrdagi I5-5292-sonli ma’lumotnomalari). Mazkur model asosida Xiva turistik destinatsiyasiga xorijiy sayyohlar tashrifining 2021-2025 yillarga prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish