Jabborov Ulugbek Uzokovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Rezus nomutanosibligi bor homilador ayollarda perinatal yordamni takomillashtirish», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Tib404.
Ilmiy maslahatchi: Rasul`-Zade Yulduz Gulyamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti, DSc.04/30.12.2019.Tib.29.01.
Rasmiy opponentlar: Paxomova Janna Evgen`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimov Zaur Djavdatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Aripova Tamara Uktamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Yetakchi tashkilot: N.I.Pirogov nomli Rossiya Milliy ilmiy tadqiqot tibbiyot universiteti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: rezus-immunizatsiyali ayollarda homilaning gemolitik kasalligini antenatal tashxislash va fetal xirurgiya sohasida yuqori texnologiyali operatsiyalardan foydalanib davolash usullarini takomillashtirish orqali perinatal natijalarni yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
rezus nomutanosib homiladorlarda homila bosh miyasidagi ishemik serebral shikastlanishlarni tashhislashda 1,5 Tesla magnit rezonans tomografiyada homila markaziy nerv tizimi holatini ob’ektiv baholashda samarali usul sifatida ekanligi isbotlangan;
homila gemolitik kasalligining og‘ir kechishini noinvaziv dopplerometrik tekshirish usulidan foydalanib homila o‘rta miya arteriyasida qon oqimining maksimal sistolik tezligi ko‘rsatkichlari bilan homila gemoglobini va gematokrit darajasi o‘rtasida kuchli korrellyasion aloqa mavjudligi isbotlangan;
dopplerometriya va magnit-rezonans tomografiya usullari ilk bor birga qo‘llanilgan holda homila gemolitik kasalligining og‘ir shakli rivojlanishi va bosh miya ishemik patologik o‘zgarishlari o‘rtasidagi o‘zaro aloqa aniqlangan;
homila gemolitik kasalligida homila qonining biokimyoviy va gematologik ko‘rsatkichlari hamda homila bosh miyasining magnit-rezonans tomografiya ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro korrelyasion aloqalar isbotlangan;
ilk bor rezus-immunizatsiyali homiladorlarda homilaning gemolitik kasalligida qonning kislota-ishqor holatida gipokaliemiya aniqlangan;
rezus-immunizatsiyali homiladorlarda homila gemolitik kasalligi og‘ir kechishining shakllanish mexanizmida homiladagi immunologik buzilishlarda G va A sinfidagi immunoglobulinlar sintezining ortishiga olib kelishi oqibatida SIKning ko‘tarilishi isbotlangan;
ilk bor gemolitik kasallikka chalingan homilada IL–1 β ning yuqori ahamiyati va bu sitokinlarning yallig‘lanishga qarshi sitokinlar faolligi bilan homilada yaqqol immun javob mavjudligidan dalolat berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Rezus nomutanosib homiladorlarda HGKning og‘irlik darajasini erta tashhis qo‘yish va uni davolash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
rezus nomutanosib homiladorlarda HGKning og‘irlik darajasini antenatal erta invaziv va noinvaziv tashhislash yangi usulini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan «Rezus-immunizatsiyali homiladorlarda homilaning gemolitik kasalligini prenatal tashxislash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 8n-r/221-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning joriy qilinishi HGKning og‘irlik darajasini erta tashhislash samaradorligini oshirishga hizmat qilgan.
HGK og‘ir shaklida fetal xirurgiya sohasida yuqori texnologiyali operatsiyalar yordamida kindik ichi gemotransfuziyasi («homilaga kindik ichida tomir ichiga qon quyish» operatsiyasi) usulidan foydalanish asosida ishlab chiqilgan «Rezus-immunizatsiyali homiladorlarda homilaning gemolitik kasalligini davolash algoritmi» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 iyuldagi 8n-r/221-son ma’lumotnomasi). Mazkur operatsiya HGKning og‘ir shaklida homiladorlik kechishini yaxshilash va chakaloklar orasida perinatal asoratlar sonini qisqartirish imkonini bergan.
homilaning gemolitik kasalligini davolash orqali rezus nomutanosiblik bo‘lgan homilador ayollarga perinatal yordam ko‘rsatish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika perinatal markazi homiladorlik patologiyalari bo‘limi va konsultativ poliklinikasiga, RIAvaGIATM, Toshkent shahar perinatal markazi amaliyotiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 28 yanvardagi 8n-d/41-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi HGK og‘ir shakli uchrash chastotasini, muddatidan ilgari tug‘ilish va chaqaloqlik davri patologiyasini kamaytirishga imkon yaratgan.