Sheralieva Surayyo Shuxratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tishlarni restavratsiyasida isitilgan kompozit qo‘llanilishining klinik-eksperimental asoslash», 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Tib782.
Ilmiy rahbar: Mel`kumyan Timur Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat stomatologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat stomatologiya instituti DSc04/30.12.2019.Tib.59.01.
Rasmiy opponentlar: Lukina Galina Il`xamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Rossiya xalqlar do‘stligi universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oldindan isitilgan qadoqlangan kompozit ashyosidan foydalangan xolda tishlar restavratsiyasini sifatini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor kondensirlangan kompozit plomba ashyosini 600 Sgacha oldindan isitish natijasida uning qovushqoqlik, oquvchanlik, karies kavaklariga adaptatsiyasi, mustahkamlik va yuzasining mikroqattiqlik ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi uskuna ishlab chiqilgan;
oldindan isitilgan plomba ashyolari bilan o‘rta kariesni davolashda, plombaning mustaxkamlik, mikroqattiqlik ko‘rsatkichlarining yaxshilanishi va reologik xususiyatlarini 1,8 marta ishonchli tarzda oshishi tasdiqlangan;
o‘rta kariesni isitilgan kompozit plomba ashyosi bilan davolash natijasida tishlarning sezuvchanlik ko‘rsatkichi 2 xaftadan so‘ng, isitilmagan kompozit plomba ashyosi bilan davolashda – 3 oydan so‘ng me’yorlashgani isbotlangan;
isitilgan kompozit plomba ashyosi bilan o‘rta kariesni davolash plombaning mikro-oqish hususiyatini kamayishiga va mikroqattiqligini ortishi hisobiga «Ikkilamchi karies» ko‘rsatkichining uchrashi 43%ga kamayganligi, «Anatomik shakl» va «Qirraning moslashuvi» ko‘rsatkichlari bo‘yicha mukammal restavratsiyalarning soni 25% va 30% ortganligi asoslangan
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘rta karies tashxisi qo‘yilgan bemorlarda Blek bo‘yicha II sinf karioz bo‘shliqlarini tiklashda kondensirlangan kompozit ashyo «Filtek P60»ni oldindan isitish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
oldindan isitilgan qadoqlangan KPA restavratsiya sifatini ishonchli tarzda yaxshilanishiga qaratilgan ilmiy natijalar asosida ishlab chiqilgan «Restavratsiyaning xolatiga va davolash sifatiga oldindan isitilgan kondensirlangan kompozit materialini ta’siri» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvaridagi 8n-r/5-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma oldindan isitilgan kompozitli plomba sifatini o‘rganishda karies qaytalanishi va restavratsiyani almashtirish zaruriyatiga nisbatan yaxshi prognoz qilishga imkoniyat yaratgan;
oldindan isitilgan qadoqlangan KPA namunasining mikroqattiqligi va reologik xususiyatlariga oid ilmiy izlanishlar asosida ishlab chiqilgan «Oldindan isitilgan va isitilmagan kondensirlanuvchi kompozit materialini mikroqattiqligi va reologik xususiyatlarini baholash» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 yanvardagi 8n-r/4-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma o‘rta kariesni isitilgan kompozit plomba ashyosi bilan davolashda, plomba mikro-oqishning kamayishi va mikroqattiqligini ortishi hisobiga ikkilamchi kariesni uchrashini 43%ga kamayish imkonini bergan;
Blek bo‘yicha II sinf karioz bo‘shliqlarni tiklashda oldindan isitilgan «Filtek P60» ompozit materiali bilan tishlarni restavratsiya qilish asosida olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan «1-stomatologik poliklinika Unitar korxonasi» Toshkent sh.; Toshkent davlat stomatologiya instituti klinikasiga; «4-stomatologik poliklinika OAJ» Toshkent sh. amaliyotlariga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 14 yanvardagi 8n-d/12son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining klinik amaliyotga joriy qilinishi bajarilgan restavratsiyaning xizmat qilish muddatini oshishiga, plombaning mustaxkamlik darajasini ortishiga, ya’ni, ikkilamchi karies asoratlarini kelib chiqish extimolini kamaytirdi.