Shukurov Zoxid Kuchkarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Truboprovodlarda elastik yopishqoq suyuqliklarning nostatsionar va pul`satsionli oqimlari», 01.02.05 – Suyuqlik va gaz mexanikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/FM174.
Ilmiy rahbar: Navruzov Qurolboy, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti, DSc.02/30.12.2019.T/FM.61.01. 
Rasmiy opponentlar:Bazarov Dilshod Raimovich, texnika fanlari doktori, professor;Matkarimov San’at Yusubovich, fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot institutini.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi elastik yopishqoq suyuqliklar reologik modellarini Shul`man-Xusid modeli modifikatsiyasi shaklida takomillashtirish, ushbu modelning N`yuton, Maksvell modellaridan afzalliklarini asoslash, yassi kanal va silindrik quvurlarda elastik yopishqoq suyuqliklarning nostatsionar hamda pul`satsiyali oqimi masalalarini tadqiq etish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumlashgan reologik modellar asosida elastik yopishqoq suyuqlik harakatining asosiy differensial tenglamalari shakllantirildi va quvur orqali uzatish masalalarini echishning soddalashtirilgan variantlari taklif etildi;
elastik yopishqoq suyuqlikning yassi kanal va silindrik quvurlarda nostatsionar, pul`satsiyali va ossillyasiyali harakati masalalarini echish usullari takomillashtirildi;
qo‘yilgan masalalarning yangi echimlari tahlili natijasida elastik yopishqoq suyuqlik parametrlarining intervallari aniqlandi;
non`yuton suyuqliklar oqimlarining “elastik ko‘tarilish” va “elastik qaytish” jarayonlarining yangi gidrodinamik qonuniyatlari aniqlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Elastik yopishqoq suyuqliklarning yassi kanal va silindrik quvurlarda nostatsionar va pul`satsiyali harakatlarini tadqiq etish asosida:
qon xususiyatlarining elastik yopishqoq suyuqliklarga yaqinligi e’tiborga olinib, bu turdagi suyuqliklarning quvurdagi pul`satsiyali harakati, arterial tomirlarda qonning pul`sli harakatini modellashtirishda va unga mos masalalarni echishda F-4-42 raqamli “Yurak biomexanikasi va uning tatbiqlari” mavzusidagi fundamental loyihasidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 29 aprel` 2019 yil 89-03-1661 sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Xorazm va Samarqand viloyatlari filiallarining ma’lumotnomalari). Natijada arterial tizimni matematik modellashtirishga doir dasturiy vosita yordamida olingan pul`s to‘lqinlarining tarqalishi va so‘nishi qonuniyatlari asosida arterial tomirlardagi gidravlik qarshiliklarni aniqlash imkonini bergan; 
natijalar O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Samarqand viloyat uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish boshqarmasi, Samarqand viloyat “Suvoqova” davlat unitar korxonasi tomonidan suv uzatishni yoki oqova suvlarni haydashni ta’minlaydigan nasos stansiyalaridan samarali foydalanishda joriy etilgan (dissertatsiyaning ilovalarida keltirilgan). Samarqand viloyat “Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” va Urganch viloyat “Chapqirg‘oq Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi” tomonidan suvni hududlarga etkazib berish va sug‘oriladigan erlarda suvlarni quvurlar orqali taqsimlashni boshqarishda joriy etilgan (dissertatsiyaning ilovalarida keltirilgan). Yassi kanal va silindrik quvurlarda oqova suvlarni non`yuton suyuqliklar deb qarab, nasos stansiyalarida nasos qurilmalarini ishga tushirish va to‘xtatish jarayonlarida tebranishlarni so‘ndirish natijasida nasos mexanizmlarining ish samaradorligi 10–15 %ga oshirilishi aniqlangan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish