Mirzamuxamedov Odiljon Xadjiakbarovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Gipotireoz bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan bola kalamushlar yurak devorining morfologik xususiyatlari» 14.00.02 – Morfologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib615.
Ilmiy rahbar: Axmedova Sayyora Muxamadovna, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03.
Rasmiy opponentlar: Oripov Firdavs Sur’atovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Teshaev Shuxrat Jumaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribaviy gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlarning yurak devorida kechadigan morfologik o‘zgarishlarni baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan bolalarning yurak miokard to‘qimasi va qonidagi lipidlarning peroksidli oksidlanish jarayonida hosil bo‘lgan mahsulotlari dien, trien kon`yugatlari, malondial`degidi, superoksiddismutaza va katalaza faolligining o‘zgarishi isbotlangan;
gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar qalqonsimon bezi qon-tomirlaridagi o‘zgarishlar natijasida follikulalarida kechadigan distrofik o‘zgarishlar asoslangan;
gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar yuragida kechadigan to‘qimalardagi subhujayra darajasidagi ul`tratuzilmaviy va hujayraviy o‘zgarishlar isbotlangan;
antioksidant Meksidolning gipotireoz holatidagi ona kalamushlarning avlodlari yuragidagi o‘zgarishlarni oldini olishga qaratilgan protektor ta’siri isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Gipotireoz bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan bolalarning yurak devorini morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
gipotireoz bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan bolalarning yurak devorini morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Postnatal ontogenezda gipotireoz holatida miokarditlarni oldini olish usuli» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 20 fevraldagi 8n-d/25-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma onasida gipotireoz bo‘lgan avlod yuragidagi morfologik o‘zgarishlarni baholash imkonini bergan;
gipotireoz bilan kasallangan ona kalamushlardan tug‘ilgan bolalarning yurak devorini morfologik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti va Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining fundamental tadqiqotlar laboratoriyasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 03 dekabrdagi 8n-z/174-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi gipotireoz holatidagi ona kalamushlardan tug‘ilgan avlodlar yuragining morfologik xususiyatlarini baholash, avlodlar miokardida lipidlarni peroksidli oksidlanish va antioksidlanish tizimining mutanosibligining buzilishini, malondial`degidi, dien va trien kon`yugatlarining nazorat guruhidagiga nisbatan oshishini, antioksidant tizimi fermentlari superoksiddismutaza va katalazaning faolligini pasayishini, dien va trien kon`yugatlarining yaqqol o‘zgarishini baholash imkonini bergan.