Karimov Akramjon Ikromjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt1216.
Ilmiy rahbar: Elmirzaev Samariddin Eshkuvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xodjabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xoshimov Elmurod Abdusattorovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uzoq muddatli loyihalar bo‘yicha qat’iy foizli korporativ obligatsiyalarni aholining xarid qobilyatini hisobga olgan holda muomalaga chiqarish va qimmatli qog‘ozlar bozorida ochiq joylashtirish taklif qilingan;
pulning vaqt bo‘yicha qiymat konsepsiyasini kiritish orkali dividendlarni to‘lashda kunlik sarflanadigan vaqtni 2 baravarga hamda tashkiliy xarajatlarni 15 foizga kamaytirish asoslangan;
fond bozoriga investisiyalar yo‘naltirishda yillik infyalsion kutilmalarni hisobga olgan holda qimmatli qog‘ozlar bozor bahosi prognozi orqali moliyaviy aktivlarning oylik sotib olish va sotishning nisbiy chegarasi belgilangan;
SPO(ikkilamchi ommaviy taklifi)ni qo‘llash orqali sohaga taalluqli bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlaridagi emitentning ulushini fond bozori orqali ochiq obuna tartibida joylashtirish va aholining bo‘sh moliyaviy resurslarini qimmatli qog‘ozlar bozoriga jalb etish asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Aholining bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish orqali qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uzoq muddatli loyihalar bo‘yicha qat’iy foizli korporativ obligatsiyalarni aholining xarid qobilyatini hisobga olgan holda muomalaga chiqarish va qimmatli qog‘ozlar bozorida ochiq joylashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 9 iyulidagi PQ-4388-son qarori bo‘yicha tasdiqlangan «O‘zbekneftgaz» AJning yangi Nizomiga muvofiq «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil uchun biznesni yuritish strategiyasiga kiritilgan («O‘zbekneftgaz» AJining 2021 yilning  8 yanvaridagi 03/21-1-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur amaliyot istiqbolda aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshiriladigan investisiya loyihalarini moliyalashtirishda diversifikatsiyalash imkonini bergan;
pulning vaqt bo‘yicha qiymat konsepsiyasini kiritish orkali dividendlarni to‘lashda kunlik sarflanadigan vaqtni 2 baravarga hamda tashkiliy xarajatlarni 15 foizga kamaytirish bo‘yicha taklifi «O‘zbekneftgazquduqta’mirlash» AJning 2021 yil uchun biznesni yuritish strategiyasiga kiritilgan (“O‘zbekneftgazquduqta’mirlash” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 4 martdagi NP-31/02-156/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur amaliyot orqali dividend to‘lovlarini amalga oshirish moliyaviy texnologiyalar asosida joriy etilgan va divedend to‘lovlari uchun sarflanadigan vaqt 2 baravarga hamda tashkiliy xarajatlar 15 foizga kamaygan;
fond bozoriga investisiyalar yo‘naltirishda yillik infyalsion kutilmalarni hisobga olgan holda qimmatli qog‘ozlar bozor bahosi prognozi orqali moliyaviy aktivlarning oylik sotib olish va sotishning nisbiy chegarasini belgilash bo‘yicha taklifi «Farg‘ona donmahsulotlari» AJ va “O‘zbekneftgazquduqta’mirlash” AJlarning biznes strategiyasi bo‘yicha “Hamkorbank”, “Qizilqumsement”, “Kvars”, “O'zbekiston sanoat – qurilish banki” AJ, “Buxoro Markaziy dehqon bozori” AJlar qimmatli qog‘ozlariga investisiya kiritish amaliyotida foydalanilgan («Farg‘ona donmahsulotlari» AJ 2021 yil 14 yanvardagi 7-son va “O‘zbekneftgazquduqta’mirlash” aksiyadorlik jamiyatining 2021 yil 4 martdagi NP-31/02-156/1-son ma’lumotnomalari). Natijada, aksiyadorlik jamiyati fond bozori orqali rentabelligi yuqori bo‘lgan moliyaviy aktivlarga investisiya kiritish imkoniyati orqali qo‘shimcha daromadga ega bo‘lgan;
SPO(ikkilamchi ommaviy taklifi)ni qo‘llash orqali sohaga taalluqli bo‘lmagan aksiyadorlik jamiyatlaridagi emitentning ulushini fond bozori orqali ochiq obuna tartibida joylashtirish va aholining bo‘sh moliyaviy resurslarini qimmatli qog‘ozlar bozoriga jalb etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yilning 9 iyulidagi PQ-4388-son qarori 5-ilovasiga muvofiq «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati va uning tarkibiga kiruvchi servis tashkilotlari va boshqa tashkilotlar ustav kapitalidagi ulushlari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga berilgan va fond bozori orqali sotuvga chiqarilgan («O‘zbekneftgaz» AJining 2021 yilning 8 yanvaridagi 03/21-1-9-son ma’lumotnomasi). Natijada, sohaga tegishli bo‘lmagan aktivlarni sotish orqali aksiyadorlik jamiyati qo‘shimcha ravishda moliyaviy resurslarga ega bo‘lgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish