Rizaeva  Feruza  Abdulxamitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Parvovirus B-19 infeksiyasini donorlar va qon tizimi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda o‘rganish», 14.00.29 – Gematologiya va transfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.RhD/Tib730.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Axmedova Mubaraxon Djalilovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ubaydullaeva Zuxra Ibragimovna tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: gematologik bemorlar va qon donorlarida parvovirus V19 infeksiyasining asosiy klinik-laborator xususiyatlari ko‘rinishini baxolashdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba qon donorlari va gematologik bemorlarda parvovirus B19 ning uchrash darajasi aniqlangan;
ilk marta parvovirus V19 uchrash darajasi turli xil gematologik xastaliklari mavjud bo‘lgan bemorlarda, ularning jinsi, yoshi, kasallikning davomiyligi, olib borilgan davo choralari va transfuziyalarning mavjudligini inobatga olgan holda aniqlangan;
gematologik kasalliklarning mavjudligi bilan parvovirus B19 serologik markerlarini uchrash darajasi va uning genomini aniqlash o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik belgilangan;
donor qoni va uning komponentlarida parvovirus B19 markerlarini mavjudligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gematologik bemorlar va qon donorlarida parvovirus V19 infeksiyasini asosiy klinik-laborator xususiyatlarini o‘rganish orqali olingan natijalar asosida:
donor qonida parvovirus V19 infeksiyasini tashxisoti bo‘yicha ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Donor qonida parvovirus V19 infeksiyasini tashxisoti» uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 01 noyabrdagi 8n-d/252-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma gematologik xastaliklari bor bo‘lgan bemorlar va donorlarning qonida parvovirus V19 infeksiyasining erta tashxisotini va transfuziyadan keyin infeksiyaning yuqish havfini oldini olish imkonini bergan;
gematologik bemorlar va donor qonida parvovirus V19 infeksiyasining klinik-laborator hamda molekulyar-genetik o‘ziga xos xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar tibbiyot amaliyotiga, jumladan Qashqadaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi va virusologiya ilmiy tekshirish institutiga tadbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 11 yanvardagi 8n-z/12-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarni amaliyotga tadbiq qilinishi, parvovirus yuqishini o‘z vaqtida aniqlashga, shuningdek bemorlarda asoratlar rivojlanishini oldini olib, to‘g‘ri yo‘naltirilgan davoni olib borishga, joriy terapevtik ko‘rsatkichlarni yaxshilashga, jumladan bemorlarda  ushlab turuvchi kimyoterapiya muolajasini vaqtini qisqarishiga, remissiya davri davomiyligini uzayishiga, buning natijasida esa bemorlarning hayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish