Normatova Nargiza Mirshovkatovnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Diabetik retinopatiyani erta tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusiro‘yxatgaolinganraqam: B2019.2. DSc/Tib364.
Ilmiy maslahatchi: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.01. 2020.Tib.105.01.
Rasmiy opponentlar: Kazaykin Viktor Nikolaevich, tibbiyot fanlari doktori, (Rossiya Federatsiyasi), Bilalov Erkin Nozimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Said Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Istanbul ilmiy Universiteti, tibbiyot fakul`teti, oftal`mologiya bo‘limi (Turkiya, Istambul).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: angiogenezni zamonaviy asoslariga ko‘ra diabetik retinopatiyani erta tashhislash, davolash va oldini olish strategiyalarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
O‘zbekistonda birinchi marta qandli diabet Milliy registri va skrining natijalari bo‘yicha diabetik retinopatiyani faktik tarqalishi aniqlangan, nogironlik va ko‘rlikning rivojlanishida arterial gipertenziya, uglevodlar va lipidlar almashinuvining dekompensatsiyasi eng muhim omillar ekanligi isbotlangan;
diabetik makulyar shish va gemorragik o‘zgarishlar bilan asoratlangan DR bilan og‘rigan bemorlar uchun kombinatsiyalangan (mujassamlangan) terapiya taktikasi optik kogerent tomografiya, ul`tratovush tekshirish va maksimal korreksiyalangan ko‘rish o‘tkirligi ko‘rsatkichlari o‘zgarishi asosida takomillashtirilgan;
qon kuyilishining takrorlanishini oldini olish maqsadida ko‘ruv nervi va to‘r pardaning neovaskulyarizatsiyasini bartaraf etish uchun vitreoretinal operatsiyadan so‘ng darhol angiogenez ingibitorlarini ko‘z olmasi ichiga yuborish uchun ko‘rsatmalar aniqlangan;
«T&E» - davolash va uzaytirish rejimi asosida bemorlarni ko‘rish o‘tkirligi yaxshilanishi, kasalxonaga tashriflar soni va ko‘z ichiga dori vositasini yuborish chastotasini kamaytirish isbotlangan. Aynan shu rejim orqali bizning xududimizdagi bemorlarni davolashdaoptimal natijalarga erishish mumkinligi isbotlandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Diabetik retinopatiyani erta tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
«Diabetik retinopatiya: tasnifi, diagnostikasi, davolash va bashorat qilish» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 9 martdagi 8n-d/149-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma DRni tasnifi, diagnostikasi, davolash va bashorat qilishni optimallashtirishga imkon bergan;
«Diabetik retinopatiya diagnostikasi algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/222-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma DR tashxislash algoritmini samarali amalga oshirish imkonini bergan;
«Diabetik retinopatiyani davolashning zamonaviy aspektlari» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/222-son-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma diabetik retinopatiya davolashning zamonaviy aspektlari takomillashtirish imkonini bergan.
Diabetik retinopatiyani erta tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi, Qoraqalpoq Respublikasi oftal`mologiya shifoxonasi va Farg‘ona viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 7 maydagi 8n-z/100-sonli xulosasi). Olingan natijalar diabetik retinopatiyaning proliferativ stadiyasi asoratlari sonini kamaytirishga, kasallikni davolash davomiyligini kisqartirishga va samaradorligini oshirishga imkon bergan.
Diabetik retinopatiyani erta tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlashga amaliyotiga, jumladan, Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy amaliy tibbiyot markazi, Akademik Yo.X. Turakulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy amaliy endokrinologiya tibbiyot markazi, Korakalpoq Respublikasi oftal`mologiya shifoxonasi va Fargona viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasi amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil apreldagi 8n-d / 525-sonli ma’lumotnomasi). Olingan natijalar diabetik retinopatiyani erta tashxislash, davolash va oldini olishni takomillashtirish, proliferativ diabetik retinopatiya asoratlar sonini kamaytirish, xamda axolini davolanish davomiyligini va vaqtincha mexnatga layoqatsizlik davrini qisqartirishga imkon bergan.