Sayt test rejimida ishlamoqda

Ergashev Dilshodbek Mamasidiqovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mebel` furnituralari uchun sovuq holda shtamplash usulida olingan shtamp detallarini puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 – Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi. Kamyob, nodir va radioaktiv elementlar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1133.
Ilmiy rahbar: Norxudjaev Fayzulla Ramazanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamadjonovich, texnika fanlari doktori, professor; Qarshiev Mamarayim Sanaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Etakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mebel` furnituralari uchun sovuq holda shtamplash usulida olingan shtamp detallarini puxtalash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
termotsiklli ishlov berishning texnologik rejimlarning asbobsozlik po‘latlarining struktura-faza holatiga ta’siri aniqlangan;
suvda eriydigan polimerlar muhitida termotsiklli toblashning issiqlik rejimlari va siklli impul`sli bo‘shatish rejimi ishlab chiqilgan;
termotsiklli ishlov berish sikllari sonining po‘latning kristall tuzilishidagi nuqsoniylik darajasiga ta’siri aniqlangan;
mahalliy xomashyodan suvda eriydigan “Uniflok” preparati asosida toblash suyuqligi ishlab chiqilgan; 
sovuq holda shtamplash uchun mo‘ljallangan shtamplash asboblarining termotsiklli ishlov berish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mebel` furnituralari uchun sovuq holda shtamplash usulida olingan shtamp asboblarini puxtalash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
shakl hosil qiluvchi shtamplash asboblari uchun termotsiklli ishlov berish texnologiyasi «Agregat zavodi» AJda amaliyotga joriy qilingan («UzAvto» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi 07/06-25-1941-son ma’lumotnomasi). Natijada, shtamplash asbobining bardoshliligini 1,5–2 baravarga oshirish imkonini bergan;
suvda eriydigan polimerlar muhitida siklli toblash va siklli impul`sli bo‘shatishdan iborat termotsiklli ishlov berishning issiqlik rejimlari «Agregat zavodi» AJ da amaliyotga joriy qilingan («UzAvto» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi 07/06-25-1941-son ma’lumotnomasi). Natijada, ishlab chiqilgan rejim yumshatish operatsiyasini bartaraf qilgan holda termik ishlov berishning texnologik siklini 4 soatga kamaytirish imkonini bergan;  
toblash suyuqligi sifatidagi ishlab chiqilgan mahalliy xomashyodan tayyorlangan “Uniflok” preparati asosidagi suvda eriydigan polimer «Agregat zavodi» AJ da amaliyotga joriy qilingan («UzAvto» AJning 2020 yil 30 dekabrdagi 07/06-25-1941-son ma’lumotnomasi). Natijada, toblash moyining ehtiyojini 30% ga kamaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish