Sayt test rejimida ishlamoqda

Xolmurodova Dilafruz Quvatovnaning 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Bir yillik o‘simliklarning poyalari va polimer bog‘lovchilar asosida kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallarning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 02.00.05 – Sellyuloza va sellyuloza-qog‘oz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.DSc/T389.
Ilmiy maslahatchilar: Negmatov Sayibjon Sadikovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Abed Nodira Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK huzuridagi DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Ramonberdiev Gappar, kimyo fanlari doktori, professor; Eshmurodov Baxodir Eshimovich, texnika fanlari doktori; Davlatov Rasul Mamatkulovich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Etakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bir yillik o‘simliklarning poyalari va polimer bog‘lovchilar asosida kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallarning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qurilish, mashinasozlik va mebel` sanoatida ishlatiladigan import o‘rnini bosuvchi kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallarni olishda modifika-siyalangan polimer bog‘lovchilardan va to‘ldiruvchi sifatida paxta g‘o‘zapoyasidan foydalanishning chiqindisiz texnologiyasini yaratish mumkinligi asoslangan;
g‘o‘za-poyadan olingan yog‘och to‘ldiruvchining tuzilishi, turi va fraksion tarkibining miqdori va modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchining kompozision massasi bir xil tarkibli bo‘lmagan kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallarning asosiy fizik-mexanik xossalariga ta’siri aniqlangan;
g‘o‘za-poyaning maydalangan massasini pnevmoelakdan o‘tkazish yo‘li bilan tarkibida tolali zarrachalar bo‘lgan kompozision yog‘och-plastikli materiallar olish mumkinligi va to‘ldiruvchi zarrachalarining optimal o‘lchamlari aniqlangan;
g‘o‘za-poyadan yog‘och to‘ldiruvchi olish texnologiyasi va uning asosida kompozision yog‘och-plastikli materiallar hamda ashyolar olishning asosi hisoblangan maydalangan massaga bo‘lgan talablar ishlab chiqilgan;
KF-MT markali mochevinaformal`degid smolasining qotishi orqali modifikatorlarning optimal tarkiblari va modifikatsiyalash sharoitlari aniqlangan;
fizik-kimyoviy modifikatsiyalash orqali modifikatsiyalangan polimer bog‘lovchining tuzilishini o‘zgartirish bilan kompozision yog‘och-plastik plitalarning fizik-mexanik xossalarini yaxshilash mumkinligi nazariy asoslangan;
yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarga ega bo‘lgan yog‘och-plastik plitalarni presslashning optimal texnologik rejimlari ishlab chiqilgan;
ishlab chiqarilgan kompozision yog‘och-plastikli materiallarni fizik- mexanik xossalarini bevosita yog‘ochdan olinadigan yog‘och-qirindi plitalarga nisbatan afzalligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Bir yillik o‘simliklarning poyalari va polimer bog‘lovchilar asosida kompozision yog‘och-plastikli plitali materiallarning samarali tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kompozision yog‘och-plastik plitali materiallarning optimal tarkibi ixtisoslashtirilgan ishlab chiqarish bazasi hosoblangan «PROSPER ALL» MChJda amaliyotga joriy etilgan («O‘ZSANOATQURILISHMATERIALLARI» korxonalari uyushmasining 2021 yil 3 maydagi 05/15-1137-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘och-plastikli plitalarni 15000 m2 tajriba-sanoat partiyasini olish va qurilishda ishlatish imkonini bergan;
ishlab chiqilgan yog‘och-plastikli plitalarni olish texnologiyasi «Fayz» MChJ qo‘shma korxonasining modernizatsiya qilingan texnologik tizimida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZSANOATQURILISHMATERIALLARI» korxonalari uyushmasining 2021 yil 3 maydagi 05/15-1137-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu texnologiya bo‘yicha yuqori fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan yog‘och-plastikli plitalar olish imkonini bergan;
kompozision yog‘och-plastikli plitalarning tajriba sanoat partiyasi «AZIMUT-MIG» MChJ qurilish korxonasida inshoat va imoratlar qurilishida amaliyotga joriy etilgan («O‘ZSANOATQURILISHMATERIALLARI» korxonalari uyushmasining 2021 yil 3 maydagi 05/15-1137-son ma’lumotnomasi). Natijada, yog‘ochni 2–3 baravarga tejash imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish