Abduvohidov Faxriddin Meligalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari», 17.00.01 – Teatr san’ati.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/San72.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti.
Ilmiy rahbar: Rizaev Amanulla Zufarovich, san’atshunoslik fanlari nomzodi, professor v.b.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti, PhD.08/28.08.2020.San.121.01
Rasmiy opponentlar: Hamidova Marfua Azizovna, san’atshunoslik fanlari doktori, professor; Ismoilov Anvar Hamdamjonovich, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va rivojlanish bosqichlarini ijtimoiy, madaniy-tarixiy, nazariy va metodologik omillar kesimida aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Surxondaryo teatrining baxshilar, qiziqchilar, hofizlar, sozanda va raqqoslar kabi xalq tomosha san’ati namoyandalaridan iborat Jarqo‘rg‘on havaskorlik teatr truppasi negizida tashkil topganligi isbotlangan;
tarixiy, mumtoz va zamonaviy asarlarni sahnalashtirishda mubolag‘a, shartlilik, badihago‘ylik kabi Surxondaryo xalq og‘zaki ijodiga tayanilganligi hamda mahalliy urf-odatlar, o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar aks etgan fol`klor-etnografik xususiyatlarning spektakllar mazmuniga singdirilganligi aniqlangan; 
ssenografiya, sahna bezaklari va kostyumlarni tayyorlashda surxon vohasiga xos bo‘lgan rang-baranglilik, yorqinlik, o‘tkir xarakterlilik, xalq hunarmandchiligi, milliy kashtachilik kabi etnik badiiy uslublardan foydalanilganligi dalillangan; 
Surxondaryoning chegara hududda joylashganligi sababli viloyat teatrida terrorizm, narkomaniya, odam savdosiga qarshi kurash g‘oyalari aks etgan vatanparvarlik ruhidagi sahna asarlariga ko‘proq ustuvorlik berilganligi aniqlangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy urf-odatlar, o‘yinlar, kuy-qo‘shiqlar aks etgan fol`klor-etnografik xususiyatlarning spektakllar mazmuniga singdirilganligi aniqlangan yangilikdan xalqimiz, ayniqsa o‘sib kelayotgan yosh avlodning dunyoqarashi, ma’naviy olami va estetik didining shakllanishiga xizmat qiluvchi badiiy puxta spektakllar sahnalashtirishda, poytaxt va viloyat teatrlarida sahnalashtirilgan yangi spektakllarning jamoatchilik muhokamalarida, shuningdek, Respublika teatr jamoalari faoliyatini kompleks o‘rganishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 01-12-06-4752-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatr san’atidagi tashkiliy-ijodiy jarayonlarni o‘rganish, ko‘rik-festivallar tashkil etish imkoni yaratilgan;
Surxondaryo viloyati musiqali drama teatrida sahnalashtirilgan tarixiy va zamonaviy mavzudagi spektakllarda ilg‘or fikrlaydigan, dunyoqarashi, turmush tarzi, vatanparvarligi bilan insonlarga o‘rnak bo‘ladigan zamondosh obrazini yaratishdagi o‘ziga xosliklar, rejissurada yuzaga kelgan badiiy, g‘oyaviy, uslubiy an’ana va zamonaviy tendensiyalarning bugungi kundagi mohiyati aks etgan masalalar San’atshunoslik (teatrshunoslik, sahna va ekran san’ati dramaturgiyasi) ta’lim yo‘nalishining “O‘zbek teatr tarixi” hamda “Dramaturgiya asoslari” fanlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlarini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 89-03-06-4343-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning aktyorlik mahorati, rejissyorlik san’ati, teatr tarixi sohalarida asosli manbalarga ega bo‘lishlariga xizmat qilgan;
ssenografiya, sahna bezaklari va kostyumlarni tayyorlashda etnik rang-baranglik, o‘tkir xarakterlilik, ramziylik, obrazlilik singari badiiy uslublardan foydalanilganlik yuzasidan olingan yangilikdan O‘zbekiston teatrlari repertuarini shakllantirishda, dolzarb mavzu va janrlarda spektakllar sahnalashtirishda, teatr festivallari, ko‘rik-tanlovlar, ilmiy-ijodiy konferensiya va anjumanlar o‘tkazishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Teatr Arboblari uyushmasining 2020 yil 5 avgustdagi 01-02-45-son ma’lumotnomasi). Natijada, tomoshabinlar o‘zbek teatr san’ati tarixi va bugungi jarayonlari haqida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishgan;
xududiy joylashuvni inobatga olgan holda viloyat teatrida vatanparvarlik ruhidagi sahna asarlariga ustuvorlik berilganligi xususidagi yangilikdan Surxondaryo viloyatida mavjud professional hamda havaskorlik teatrlari va badiiy jamoalarning ijodiy-tashkiliy faoliyatida, shuningdek, san’at maktablarining o‘quv adabiyotlarini takomillashtirishda foydalanilgan (Surxondaryo viloyati Madaniyat boshqarmasining 2020 yil 24 avgustdagi 01-19/137-8-son ma’lumotnomasi). Natijada, teatrlar repertuarlarining yangi asarlar bilan boyishiga xizmat qilgan, o‘quvchilar o‘zbek teatri tarixiga oid muhim ma’lumotlarga ega bo‘lishgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish