Parpiev Doniyor Xabibullaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Ipni pishitishga tayyorlash texnologiyasining pishitilgan ip sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri”, 05.06.02 – “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi (texnika fanlari bo‘yicha).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2019.3.PhD/T1345.
Ilmiy rahbar: Meliboev Umarjon Xaydarovich texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik - texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muxandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Xoliqov Qurbanali Madaminovich, texnika fanlari doktori, professor. Matismailov Saypila Lolashbaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ipni pishitishga tayyorlash texnologiyasini takomillashtirish asosida pishitilgan ip sifatini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
iplarni pishitishga tayyorlash jarayonida pishitilgan ip sifatini oshirishga samarali ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy parametrlar maqbul qiymatlari ishlab chiqilgan;
qo‘shib o‘rash jarayonida o‘ramdan chuvalanib olinayotgan yakka iplar harakat qonuniyatini nazariy tahlillari asosida ularning statsionar ish rejimidagi tarangligini aniqlash bog‘lanishlari olingan;
pishitishga tayyorlashda juftlanayotgan yakka iplarning tarangligini o‘zaro tenglashtirishning nazariy asoslari orqali amaliy jihatdan taranglik qiymatini boshqarishga erishilgan;
muayyan sifat ko‘rsatkichlariga ega juftlangan iplarni o‘rab olish jarayonida taranglovchi qurilma bilan ip yunaltirgich orasidagi ip tarangligini aniqlashning nazariy bog‘lanishlari olingan;
yakka iplarni pishitishga tayyorlash jarayoni samaradorligini baholashda pishitilgan ipni tashkil etuvchilari uzunliklarini o‘zaro taqqoslash usuli takomillashtirilgan;
pishitilgan ipga berilgan buramlar miqdori bilan uning bikrlik ko‘rsatkichlari orasidagi bog‘lanishlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘qimachilik ipini pishitishga tayyorlash texnologiyasini pishitilgan ip sifat ko‘rsatkichlariga ta’sirini tadqiqot qilish asosida:
bir bosqichli, murakkab strukturali pishitilgan iplar olish uchun resurstejamkor yangi taranglikni nazorat kiluvchi qurilma Namangan shahridagi «Art soft Cluster Holding» MChJda joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 20 noyabrdagi № 04/18-2735 sonli ma’lumotnomasi).Natijada pishitilgan ip assortimentining sifat ko‘rsatkichini 10-12 % ga yaxshilanishiga, bir bosqichda ko‘p qavatli iplar ishlab chiqarish orqali texnologik jarayonlarni 1,5 barobar, chiqindi chiqishini 4,5% kamayishiga erishilgan;
pishitilgan iplar olish uchun resurstejamkor yangi taranglikni nazorat kiluvchi texnologiya Kosonsoy tumanidagi «Komil Yashin» MChJ da joriy etilgan («O’zto’qimachiliksanoat» uyushmasining 2020 yil 20 noyabrdagi №04/18-2735 sonli ma’lumotnomasi). Natijada, pishitilgan ip ishlab chiqarish mashinalari va pishitilgan iplardan olingan mahsulotlarni mahalliy korxonalarda ishlab chiqariladigan mahsulotlar turini ko‘paytirish imkonini bergan.