Fayziev Shavkat Ismatovichning falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘simlik xomashyolarini siqilgan karbonat angidrid gazi bilan ekstraksiyalash jarayonini boshqarish tizimini modellashtirish va tadqiq etish», 05.01.08-Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1093
Ilmiy rahbar: Siddikov Isamiddin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Kas`yanov Gennadiy Ivanovich (Rossiya Federatsiyasi), texnika fanlari doktori, professor; Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: siqilgan karbonat angidrid gazi bilan o‘simlik xomashyosini ekstraksiyalash jarayonining raqamli boshqarish tizimini tadqiq qilish usullari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik xomashyosini o‘ta kritik siqilgan karbonat angidrid gazi bilan ekstraksiyalash jarayoni samaradorligining chegaraviy qiymatlarini aniqlash va ekstraktor parametrlari optimal rejimlarini hisoblash imkonini beruvchi statistik-matematik model ishlab chiqilgan;
yuqori konsentratsiyali ingredientlar olishni ta’minlovchi ekstraksiyalash jarayoni texnologik parametrlarining optimal qiymatlarini aniqlovchi takomillashtirilgan simpleks rejalashtirish usuliga asoslangan, mavjud algoritmlardan yanada yuqoriroq tezkorlik va aniqligi bilan farqlanuvchi imitatsion optimallash algoritmi ishlab chiqilgan;
ko‘p o‘lchamli dinamik ob’ektning kesishuvchi kanallarini kompensatsiyalovchi va boshqarishning zaruriy xossalarini ta’minlab beruvchi raqamli rostlagich parametrlarini sozlashning samarali algoritmi ishlab chiqilgan;
yuqori bosimda siqilgan SO2 gazi yordamida o‘simlik xomashyosini ekstraksiyalash jarayonining nostatsionarligini hisobga olgan holda optimal boshqarishni ta’minlovchi ko‘p o‘lchamli raqamli avtomatik boshqarish tizimini sintezlash algoritmi ilk bora ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Siqilgan karbonat angidrid gazi bilan o‘simlik xomashyosini ekstraksiyalash jarayonini boshqarish tizimini sintez qilish natijasi asosida:
o‘simlik xomashyosini siqilgan karbonat angidrid gazi bilan ekstraksiyalash jarayonining boshqarish tizimini kompyuterli modellari va optimal parametrlarni topish algoritmi asosida yaratilgan dasturiy majmua “Jondor oziq-ovqat savdo” MChJda joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2020 yil 29 avgustdagi AA/3-932-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simlik yog‘i konsentratsiya xarakteristikalarini oshirish imkonini bergan.
siqilgan karbonat angidrid gazi bilan o‘simlik xomashyosini ekstraksiyalash jarayonining optimal boshqarish tizimini sintezlash algoritmlari “Vang‘ozi Agro Eksport” MChJda joriy etilgan (“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining 2020 yil 29 avgustdagi AA/3-932 son ma’lumotnomasi). Natijada, jarayonning texnologik parametrlarini yuqori aniqlikda boshqarishni tashkil etish imkonini bergan.
ingredientlar olish jarayonining texnologik parametrlarini sintezlangan ko‘p bog‘liqli raqamli boshqarish tizimi Rossiyaning “NPP Plazma K” MChJda joriy etildi (Rossiyaning “NPP Plazma K” MChJning 2019 yil 26 dekabrdagi joriy etish dalolatnomasi). Natijada, ko‘p energiya talab etadigan texnologik jarayonlarni olib borishda energiya tejamkorlikka erishilgan.