Jasuzakova Meyramkul Jasuzak kizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aktiv tizimlarda fraktal boshqorish samaradorligini baholash usul va algoritmlari», 05.01.02 - Tizimli tahlil, boshqaruv va axborotni qayta ishlash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/T1092.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Faxriddin Murodillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Saidov Abdusobir Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori; Xusnutdinova Xamida Xafizovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Qozog‘iston Respublikasi Ta’lim va ilm vazirligi Fan qo‘mitasi Axborot va hisoblash texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi aktiv tizimlarda fraktal boshqarish samaradorligini baholash usul va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aktiv tizimlarning (As) fraktallarini aniqlash konsepsiyasi taklif qilingan;
aktiv tizimlarning (As) boshqaruv potensialini fraktalligi asosida barqaror faoliyat yuritish usuli ishlab chiqilgan;
boshqaruv potensialini faollashtirishga asoslangan aktiv tizimlarning (As) fraktal nazorat kilish usul va algoritmi ishlab chiqilgan;
boshqaruv samaradorligining mamuriy nazorat (Ak) protsedurasining fraktal shakliga asoslangan aktiv tizimlarning samardorligiga bog‘likligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aktiv tizimlarda fraktal boshqarish samaradorligini baholash bo‘yicha ishlab chiqilgan usul va algoritmlar asosida:
aktiv tizimlarning boshqaruv protseduralari asosida fraktal o‘lchovlarni baholash metodologik va algoritmik model`, tashkilotning hayot siklini uzaytiruvchi tashkilot fraktallar biriklaridan samarali foydalanishni ta’minlash uchun tizimning barkaror faoliyatini baholash uchun tashkilot salohiyati komponentlaridan foydalanish metodikasi «Kazaxstan Aselsan injiniring» MChJ boshqarish jarayoniga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 33-8/2964-son ma’lumotnomasi). Ilmiy tadqiqot natijasida korxona potensialini baholashni va administrativ boshqaruvni avtomatlashtirish, boshqaruv echimlarni qabul qilish operativligini kuchaytirish va korxonaning boshqaruv samaradorligi 15-20%ga oshirish imkonini bergan;
boshqaruv potensialini faollashtirishga asoslangan aktiv tizimlarning (As) fraktal nazorat kilish usul va algoritmi, boshqaruv potensialining aktivlashtirish dasturiy vositalar ko‘rinishdagi avtomatlashtirilgan tizimi «ARCH VISION PROJECT» MChJ ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 33-8/2964-son ma’lumotnomasi). Joriy qilish natijasida boshqarish samaradorligi ko‘shimcha sarf-xarajatlarsiz 10-15%ga oshirish imkonini bergan hamda bozor turbulentligi sharoitida tashkilot barqaror faoliyati ta’minlashga xizmat qilgan;
boshqaruv potensialini faollashtirishga asoslangan aktiv tizimlarning (As) fraktal nazorat kilish usul va algoritmi «Sirdariya» Kozog‘iston universitetida joriy kilingan (Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021 yil 27 apreldagi 33-8/2964-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarini joriy qilish universitetni fraktal boshqaruvi orqali o‘quv jarayonini boshqarish samaradorligi, talabalarning o‘zlashtiriga ta’siri 7-10 % ga oshish, professor-o‘qituvchilar tarkibining mobilligini oshirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish