Otaxonov Maqsud Yusufovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘oriladigan maydonlardagi ochiq zovurlarni gidravlik hisobini takomillashtirish”, 05.09.07 – «Gidravlika va muhandislik gidrologiyasi», 06.01.02 –«Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T1880.
Ilmiy rahbarlar: Fatxulloev Alisher Mirzatillaevich, texnika fanlari doktori, dotsent, Abduraimova Dilbar Aybekovna, texnika fanlari falsafa doktori (PhD).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.T.10.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Ilxom Ernazarovich, texnika fanlari doktori, professor, Karimov Akmal Xayitovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sirdaryo viloyatining sho‘rlangan erlarida dinamik mustahkam kesimli ochiq zovurlarning parametrlarini qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish va tuproq sho‘rini yuvishning ta’sirlarini inobatga olib asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ochiq zovurlarni gidravlik hisoblash usuli sug‘oriladigan maydonlardan va sug‘orish tarmoqlaridan hosil bo‘ladigan suv shimilishlarining o‘zgaruvchanligini inobatga olib takomillashtirilgan;
sug‘orish va sho‘r yuvish natijasida sizot suvlarining o‘zgaruvchanligi ta’sirida kollektor-zovurlar o‘zanining shakllanishini aniqlash usuli, oqim harakat miqdorining o‘zgarishini inobatga olib ishlab chiqilgan;
zovur ko‘ndalang kesimining gidravlik elementlarini hisoblash usuli ochiq zovurlarda yuvilish va loyqa bosishi natijasida yuzaga keladigan deformatsiya jarayonlarini hisobga olib ishlab chiqilgan;
dinamik mustahkam va iqtisodiy samarador ochiq zovurlarni gidravlik hisoblash usuli suv oqimi tarkibidagi oqiziqlar miqdori va fraksion tarkibini inobatga olib takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sug‘oriladigan maydonlardagi ochiq zovurlarni gidravlik hisobini takomillashtirish asosida:
sug‘oriladigan maydonlardan va sug‘orish tarmoqlaridan hosil bo‘ladigan suv shimilishlarining o‘zgaruvchanligini inobatga olib, ochiq zovurlarni hisoblashning takomillashtirilgan usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Guliston-Suvloyixa» MChJga joriy qilingan. (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 04/20-1381-son ma’lumotnomasi). Natijada dinamik mustahkam tezlik asosida ochiq zovurlarni loyihalash imkoniyati yaratilgan;
ochiq zovurlarda yuvilish va loyqa bosish jarayonlarini hisobga olib, ishlab chiqilgan zovur ko‘ndalang kesim parametrlarini hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi «Sirdaryo suvqurilish invest» DUK boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 04/20-1381-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq zovurlarda ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytirishga erishilgan;
dinamik mustahkam va iqtisodiy samarador ochiq zovurlarning gidravlik hisoblash usuli Suv xo‘jaligi vazirligi tasarrufidagi Quyi Sirdaryo ITXB qoshidagi meliorativ ekspedisiya boshqarmasiga joriy qilingan (Suv xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 18 avgustdagi 04/20-1381-son ma’lumotnomasi). Natijada ochiq zovurlarni loyihalashda iqtisodiy samarador kesimli gidravlik parametrlarni asoslash imkoniyatiga erishilgan.