Sultanov Alisher Sabirjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat-xususiy sherikchiligi asosida uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirish», 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Iqt.1061.
Ilmiy rahbar: Nurimbetov Ravshan Ibragimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.20/13.05.2020.I.23.01.
Rasmiy opponentlar: Qodirov Abdurashid Madjidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xamidov Obidjon Xafizovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat arxitektura qurilish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat-xususiy sherikchiligi asosida uy-joy fondini boshqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
professional boshqaruvchi kompaniyalar xizmatidan foydalanish ulushining o‘sish tendensiyalaridan kelib chiqib, davlat-xususiy sherikchiligi asosida uy-joy fondini boshqarishning ta’sirchan mexanizmi ilmiy asoslangan;
uy-joy mulkdorlari shirkatlari hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari sinflashtirishda davlat-xususiy sherikchiligi omilidan foydalanish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
uy-joy fondiga yo‘naltirilayotgan byudjet mablag‘lari manzilliligi va boshqaruv tizimining investision jozibadorligini oshirishda davlat-xususiy sherikchilik loyihasi ishtirokchilarining vazifalarining aniq belgilash taklif etilgan;
uy-joy mulkdorlari shirkatlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarining istiqbolda xususiy sektor ulushi va rolining oshishini o‘z ichiga olgan 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan ilmiy prognozi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
O‘zbekistonda uy-joy fondini boshqarish tizimini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
professional boshqaruvchi kompaniyalar xizmatidan foydalanish ulushining oshib borish tendensiyalari asosida davlat-xususiy sherikchiligidagi uy-joy fondini boshqarish jarayoni takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 yanvardagi «Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi №5-sonli qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 04/03-4524-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi ko‘p kvartirali uy-joy fondini boshqarishga Professional boshqaruv kompaniyalar xizmatidan foydalanishni yo‘lga qo‘yilishi 1.5 mlrd. so‘mlik mablag‘larning maqsadsiz sarflanishini oldi olingan;
uy-joy fondini boshqarish tizimi uy-joy mulkdorlari shirkatlari  hamda kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlari o‘rtasida raqobat muhitini rivojlantirish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 yanvardagi «Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 04/03-4524-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Toshkent shahrida uy-joy kommunal xizmatlari ko‘rsatish sifatini, davlat-xususiy sheriklik asosida soha korxonalari faoliyatining samaradorligini yanada oshirish ta’minlangan;
kommunal xizmat ko‘rsatish tashkilotlarining uy-joy mulkdorlariga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi muammolarni operativ hal etishda jamoatchilik fikriga asoslangan raqamli boshqaruvning takomillashgan tizimini taklif etish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 4 yanvardagi «Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 5-son qarorida o‘z ifodasini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 04/03-4524-son ma’lumotnomasi). Natijada, O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan uy-joy fondidan foydalanish samaradorligi 19.6% ga oshishi ta’minlangan;
uy-joy mulkdorlari shirkatlari iqtisodiy ko‘rsatkichlarini istiqbolda xususiy sektor ulushi va rolining oshishini o‘z ichiga olgan 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan ilmiy prognoz ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining 2020 yil 27 noyabrdagi 04/03-4524-son ma’lumotnomasi). Natijada Toshkent shahar Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish bosh boshqarmasi tomonidan Toshkent shahrining uy-joy kommunal infratuzilmasini rivojlantirishning istiqbol rejalariga kiritildi va kommunal xizmatlarining sifati 36,4 % ga oshishiga erishilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish