Sharifov G‘ayrat Nabievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Aromatik uglevodorodlarning protonodonor va protonoakseptor xususiyatlari va ularning kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi», 01.04.05 – Optika (fizika-matematika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/FM360.
Ilmiy rahbar: Jumabaev Abduvaxid, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.2019.FM.02.04.
Rasmiy opponentlar: Astanov Salix Xusenovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Eshchanov Baxodir Xudayberganovich, fizika-matematika fanlari doktori. 
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: aromatik uglevodorodlarda molekulalararo o‘zaro ta’sir jarayonlarini ularning protonodonor va protoakseptor xususiyatlariga bog‘liqligini yorug‘likning kombinatsion sochilish spektrlari va noempirik (ab initio) hisoblashlar yordamida o‘rganishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
aromatik uglevodorod (benzol, pirrol, ksilol)larda molekulalararo vodorod bog‘lanish π-elektronlarning ishtirokida hosil bo‘lgan molekulyar komplekslarda benzol xalqalarining bir-biriga perpendikulyar ekanligi aniqlangan;
noempirik hisoblashlar yordamida molekulalararo o‘zaro ta’sir tufayli benzol molekulasida zaryadlarning qayta taqsimlanishi va elektron bulutining deformatsiyasi natijasida qutblanish darajasi qiymatlarining o‘zgarishi ochib berilgan;
aromatik uglevodorodlarda kuch doimiyligining ortishi va elektron bulut taqsimotining o‘zgarishi sababli kombinatsion sochilish spektrida S-N guruhning anomal yuqori chastota sohasiga siljishi aniqlangan; 
aromatik uglevodorodlarning molekulasi tarkibida metil (SN3) guruhlari sonining oshishi bilan kompleks hosil bo‘lish energiyasining kamayishi dalillangan;
aromatik uglevodorodlarda molekulalararo o‘zaro ta’sir energiyasi va komplekslar tuzilishini aniqlashda, tajribada olingan natijalarni to‘liq tasdiqlash imkonini beradigan noempirik (ab initio) hisoblash usuli tavsiya qilingan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Aromatik uglevodorodlarning protonodonor va protoakseptor xususiyatlarining kombinatsion sochilish spektrlarida namoyon bo‘lishi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
aromatik uglevodorodlarda molekulalararo vodorod bog‘lanish jarayonlarini aniqlash natijalari 18BF051-02M raqamli “Vodorodno-svyazannie i molekulyarnie klasteri v nanostrukturirovannix materialax” va 19BF051-07 raqamli “Zakonomernosti spin-zavisimix protsessov v kristallax i nanostrukturax, razrabotka metodov proektivnix grupp predstavleniy simmetrii dlya ix interpretatsii” mavzularidagi fundamental tadqiqot loyihalarida foydalanilgan (Kiev Milliy universitetining 2020 yil 14 iyuldagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi nanostrukturali materiallarda vodorod bog‘lanishli molekulyar klasterlarning tuzilishini  aniqlash imkonini bergan;
aromatik uglevodorodlarda metil (SN3) guruh sonining oshishi bilan kompleks hosil bo‘lish energiyasining kamayishini aniqlash natijalari 0110RK153 raqamli “Issledovanie vzaimnogo vliyaniya mnogoatomnix sistem v kondensirovannix sredax opticheskimi metodami” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (Tojikiston Milliy universitetining 2020 yil 30 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, pirrol, benzol va ksilol molekulalarining elektrooptik parametrlarini aniqlash imkonini bergan;
aromatik uglevodorodlarda protonodonorlik va protonoakseptorlik xususiyatlari molekula tarkibida π-elektronlar mavjudligi, noempirik hisoblashlar orqali aromatik uglevodorod (pirrol, benzol, ksilol)larning elektrooptik parametrlari aniqlanganligi hamda turli xil usullar (RHF va B3LYP) yordamida olingan natijalarni tajriba natijalari bilan solishtirish orqali molekulaning muayyan xarakteristikalarini o‘rganish uchun taklif etilgan aniq hisoblash usulidan 2015-2017 yillarga mo‘ljallangan A-13-39 raqamli “Uglevodorodlar (metan, etan, propan, butan v.b.) tarkibidagi gaz va suyuqliklar (H2S, CO2, H2O v.b.) miqdorini aniqlash metodini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 26 oktyabrdagi 89-03-4198-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi, gaz va suyuq holatdagi o‘rganilgan uglevodorodlarda molekulalararo o‘zaro ta’sir kuchlarini baholash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish