Usmanov Durbek Abdixoshimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Phlomis turkumiga mansub o‘simliklarni kimyoviy tadqiq qilish va ularning biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/K211.
Ilmiy rahbar: Ramazonov Nurmurod Sheralievich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘simlik moddalari kimyosi instituti, DSc.02/30.01.2020.K/T.104.01.
Rasmiy opponentlar: Tashxodjaev Baxodir, kimyo fanlari doktori, professor; Mirzaaxmedov Sharafitdin Yashinovich, kimyo fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Toshkent farmatsevtika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Phlomis ostrowskiana R., Phlomis linearifolia Z. va Phlomis severtzovii R. o‘simliklarining metabolit moddalarini ajratib olish, ularning kimyoviy tuzilishi hamda biologik faolliklarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Phlomis severtzovii o‘simlik turidan 5 ta iridoidlar va yangi 7,8-di-O-atsetilkarioptozid birikmasi ajratib olingan, hamda uning tuzilishi  isbotlangan;
ilk bor Phlomis ostrowskiana o‘simlik turidan 3 ta va Phlomis linearifolia o‘simlik turidan 4 ta iridoidlar ajratib olingan va Phlomis ostrowskiana (8%) va Phlomis linearifolia (4%) o‘simliklari iridoidlarga boy manbaa ekanligi aniqlangan;
Phlomis linearifolia o‘simligidan ajratib olingan lipidlarning kimyoviy tarkibi aniqlangan;
iridoidlarni o‘simlik xom ashyosidan butanolli eritmasini Al2O3 dan fil`trlash orqali ajratib olish yuqori samara berishi isbotlangan;
7,8-di-O-atsetilkarioptozid iridoidining solishtirma preparat piratsetam (Nootropil) dan yuqori nootrop ta’sirga ega ekanligi isbotlangan;
Phlomis linearifolia o‘simligidan ajratib olingan iridoidlar yig‘indisi jigar faoliyatini yaxshilovchi ta’siri solishtirma preparat Karsil bilan raqobatlasha olishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Phlomis ostrowskiana, Phlomis linearifolia va Phlomis severtzovii o‘simliklarining kimyoviy tarkibi va biologik faolliklarini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
jigar faoliyatini yaxshilovchi faollikka ega “Leanir” biologik faol qo‘shimcha uchun me’yoriy-texnik hujjatlar: tashkilot standarti (Ts 03535440-035:2019) va texnologik yo‘riqnoma (TI 03535440-035:2019) ishlab chiqilgan hamda O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan. Natijada jigar faoliyatini yaxshilovchi “Leanir” biologik faol qo‘shimchaning kapsula shaklini ishlab chiqarish imkonini bergan;
alkogoldan kuchli zaharlanishga qarshi va nootrop faolliklarga ega “Sevenur” va “Ostropin” biologik faol qo‘shimchalari uchun me’yoriy-texnik hujjatlar tashkilot standarti (Ts 03535440-036:2020) va texnologik yo‘riqnoma (TI 03535440-037:2020) ishlab chiqilgan, hamda O‘zstandart agentligi tomonidan tasdiqlangan. Natijada alkogoldan kuchli zaharlanishga qarshi va nootrop faolliklarga ega “Sevenur” va “Ostropin” biologik faol qo‘shimchalarining kapsula shakllarini ishlab chiqarish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish