Qodirov Zayniddin Zaripovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Soyani sho‘rlanishga moyil tuproqlar sharoitida sug‘orish texnologiyasi elementlarini ishlab chiqish (Buxoro viloyati misolida)”, 06.01.02- Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2020.2.PhD/Qx223.
Ilmiy rahbar: Isaev Sabirjan Xusanbaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05.30.12.2019.Qx/B.42.01.
Rasmiy opponentlar: Norqulov Usmanqul, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Komilov Baxtiyor Sultanovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida asosiy ekin sifatida soyaning o‘rtapishar “nafis” va kechpishar “o‘zbek-6” navlarini sug‘orishda resurstejamkor egatga plyonka va somon to‘shab, gidrogel` qo‘llab hamda egatlarni qarama-qarshi sug‘orish texnologiyasi elementlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Buxoro viloyatining sizot suvlari sathi 2,5 metrda joylashgan, o‘tloqi allyuvial tuproqlar sharoitida soyaning o‘rtapishar “Nafis” va kechpishar “O‘zbek-6” navlaridan yuqori va sifatli don hosili etishtirishda sug‘orishning egat uzunligiga bog‘liq holda resurstejamkor egatga plyonka va somon to‘shab, gidrogel` qo‘llab va egatlarni qarama-qarshi sug‘orish texnologiyasi elementlari ishlab chiqilgan;
soyaning kechpishar O‘zbek-6 navini egatga qora plyonka to‘shab sug‘orish hamda suv oqimi tezligi 0,20 l/s‒50 metrga 1437 m3, 0,14 l/s‒30 metrga 864 m3 va 0,08 l/s‒20 metrga 574 m3 hamda soyani ekish bilan gidrogel`ni 50 kg/ga me’yorda qo‘llab suv oqimi tezligi 0,20 l/s‒50 metrga 1503 m3, 0,14 l/s‒30 metrga 898 m3 va 0,08 l/s‒20 metrga 599 m3 me’yorda sug‘orish aniqlangan;
o‘rtapishar “Nafis” navini qora plyonka to‘shab sug‘orishda 1 s donga sarflangan umumiy suv miqdori 126,9 m3/s, 1 sentner don hosilga sarflangan mavsumiy suv miqdori 79,8 m3/ga ni, kechpishar O‘zbek-6 navini gidrogel` qo‘llab sug‘orilganda 1 s donga sarflangan umumiy suv miqdori 150,0 m3/s, 1 sentner don hosiliga sarflangan mavsumiy suv miqdori 92,6 m3/ga bo‘lishi aniqlangan;
sizot suvlari sathi 2,5 metrda joylashgan, o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida soya navini tuproq namligi ChDNSga nisbatan 70‒70‒60% da 1-3-0 tizimda egatlab sug‘orishda don hosili 26 s/ga, egatga plyonka to‘shab va gidrogel` qo‘llab sug‘orilganda 34,2–37,8 s/ga bo‘lib, egatlab sug‘orishga nisbatan o‘rtapishar Nafis navida 8,2–11,8 s/ga, kechpishar O‘zbek-6 navida 7,5–10,2 s/ga qo‘shimcha hosil olish mumkinligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Buxoro viloyatining o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida soyaning o‘rtapishar va kechpishar navlarini asosiy ekin sifatida etishtirishda resurstejamkor sug‘orish texnologiyalarining takomillashgan elementlari bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
asosiy ekin sifatida soyaning o‘rtapishar «Nafis» va kechpishar
O‘zbek-6 navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda resurstejamkor sug‘orish texnologiyasi elementlari bo‘yicha «Buxoro viloyatining qadimdan sug‘oriladigan sho‘rlanishga moyil bo‘lgan o‘tloqi allyuvial tuproqlari sharoitida soyani parvarishlash» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 02/021-4247-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklari va klasterlari uchun soyaning «Nafis» va O‘zbek-6 navlaridan yuqori va sifatli hosil etishtirishda muhim qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
soyani sug‘orishda resurstejamkor sug‘orish texnologiyalari elementlari Buxoro viloyatining Vobkent tumanidagi «Arbob Muhammad saxovati» fermer xo‘jaligida soyaning o‘rtapishar «Nafis» navi qora plyonka to‘shab, egat uzunliklari 50, 30, 20 m, suv oqimi mos ravishda 0,20, 0,14, 0,08 l/s tezlikda ChDNSga nisbatan 70‒70‒60 foiz tartibda 1-3-0 tizimda unib chiqish va gullash davrida 615 m3/ga, dukkaklash davrida 600-650 m3/ga va mavsum davomida 2360 m3/ga me’yorda sug‘orish texnologiyasi 45 gektarga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 02/021-4247-son ma’lumotnomasi). Natijada soyadan qo‘shimcha 9,5 s/ga don hosili olishga erishilgan;
soyani sug‘orishda resurstejamkor sug‘orish takomillashtirilgan texnologiyalari Buxoro viloyatining Buxoro tumanidagi «Dovud iqbol» va «Muzaffar Zaynidinov» fermer xo‘jaligida 65 gektarga joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2019 yil 16 dekabrdagi 02/021-4247-sonli ma’lumotnomasi). Buning natijasida soyani mavsumiy sug‘orish me’yori nazorat variantiga nisbatan 1340 m3/ga suv iqtisod qilinib, rentabellik 8,4 foizga oshishiga erishilgan.