Abdieva Marziya Otellaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Premenopauza davridagi ayollarda osteoporoz shakllanishining zamonaviy jixatlari va uning profilaktikasi», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Tib537.
Ilmiy rahbar: Saidjalilova Dilnoza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Kattaxodjaeva Maxmuda Xamdamovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Karimova Feruza Djavdatovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga muvofiq.
II. Tadqiqotning maqsadi: osteoporoz xavf omillarini va estrogen reseptori geni, suyak remodellanishi genlarini polimorfizmini aniqlash asosida premenopauza davridagi ayollarda osteoporoz profilaktikasi usullarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi.
ilk bor osteoporozning irsiy shaklida VDR genining rs2228570 (ff) gomozigotali mutatsiyasini 39,3% dominant holda uchrashi va bu OP (osteoporoz) rivojlanish xavfini 6 martaga  oshirishi, COL1A1 gomozigotali T/T genotipini tashuvchilik OP rivojlanish xavfini 5.5 martaga oshirishi, estrogen reseptorining G/A rs2228480 genotipini tashuvchilik esa OP rivojlanish xavfini 2.9 martaga oshirishi aniqlangan;
bir vaqtning o‘zida COL1A1 va VDR genining mutant allellarini tashuvchilik OP rivojlanish xavfini 5 martaga, ERα va COL1A1 mutant genlarini tashuvchilik esa OP rivojlanish xavfini 9.5 martaga oshirishi aniqlanib, ushbu genlar mutatsiyasining kombinatsiyasi qonda kal`siy kamayishi bilan kechuvchi osteosintez jarayonining buzilishiga va siydikda DPID oshishi bilan kechuvchi osteorezorbsiya oshishiga olib kelishi isbotlangan;
ilk bor premenopauza davridagi ayollarda gipoestrogenindusirlangan osteoporoz rivojlanishida rs2228480 estrogen reseptor geni polimorfizmi aniqlanib, uning STMZni pasaytirishi isbotlangan.
genetik omillar va klinik-anamnestik xavf omillarini e’tiborga olgan holda premenopauza davridagi ayollarda osteoporozni prognozlash, erta tashxislash va profilaktika shkalasi takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Premenopauza davridagi ayollarda osteoporoz shakllanishining zamonaviy jihatlari va uning profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Sposob differensirovannoy terapii osteopenicheskogo sindroma u jenshhin premenopauzal`nogo vozrasta” uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 09 oktyabrdagi 8n–r/417–son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma osteopenik sindrom rivojlanishi xavfi bo‘lgan premenopauza yoshdagi ayollarda
osteoporoz uchrash darajasini kamaytirish hamda uni asoratlarining oldini olish va davolashning yangi usullarini takomillashtirish yo‘li bilan premenopauza davrdagi ayollarni salomatlik holatini saqlab qolish imkonini bergan;
premenopauza davridagi ayollarda osteoporoz shakllanishining zamonaviy jihatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika perinatal markazi va Toshkent shahri 9-son tug‘ruq kompleksi ginekologiya va konsul`tativ poliklinika bo‘limlariga hamda xususiy klinikalarning ginekologiya bo‘limlariga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 22 dekabrdagi 8n–d/262–son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi premenopauza davrida osteopeniyali ayollarda ishlab chiqilgan osteoporoz profilaktikasi usulidan foydalangan holda joriy qilish natijalari kasallik chastotasini 2,6 martaga va uning asoratlarini 3 martaga kamaytirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish