Abdullaev Dilmurod Aliyar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashda yuridik shaxslar foydasini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish yo‘nalishlari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1106.
Ilmiy rahbar: Kuzieva Nargiza Ramazanovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; O‘rmonov Jahongir Jaloliddinovich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yuridik shaxslar foydasini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlar tarkibini bekor qilish asosida foyda solig‘ini hisoblash soddalashtirilgan;
foyda solig‘i bo‘yicha ekologiya, sog‘lomlashtirish, hayriya va bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lar uchun berilgan imtiyozlarni bekor qilish orqali byudjetga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish asoslangan;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun xarajatlarni alohida hisobini yuritish orqali soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar aniqlashtirilgan;
foyda solig‘i bo‘yicha korxonalar tomonidan tekin berilgan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati va bu bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga kiritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini ta’minlashda yuridik shaxslar foydasini soliqqa tortish tartibini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
soliq solinadigan foydadan kelgusida chegiriladigan xarajatlar tarkibini bekor qilish asosida foyda solig‘ini hisoblashni soddalashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 9 iyundagi 14/1-18256-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalar uchun foyda solig‘ini hisoblab chiqish mexanizmi soddalashtirilgan;
foyda solig‘i bo‘yicha ekologiya, sog‘lomlashtirish, hayriya va bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladigan mablag‘lar uchun berilgan imtiyozlarni bekor qilish orqali byudjetga qo‘shimcha mablag‘ jalb qilish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 9 iyundagi 14/1-18256-son ma’lumotnomasi). Natijada, ushbu imtiyozlarning bekor qilinishi hisobiga 2020 yilda byudjetga qo‘shimcha 25,5 mlrd.so‘m foyda solig‘i tushishiga erishilgan;
ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun xarajatlarni alohida hisobini yuritish orqali soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblarni aniqlashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 9 iyundagi 14/1-18256-son ma’lumotnomasi). Natijada, korxonalar tomonidan ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun amalga oshirilgan xarajatlar miqdorini aniqlash va ularning alohida hisobini yuritish imkonini bergan;
foyda solig‘i bo‘yicha korxonalar tomonidan tekin berilgan mol-mulkning (xizmatlarning) qiymati va bu bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni chegirilmaydigan xarajatlar tarkibiga kiritish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 30 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-599-son Qonuni bilan tasdiqlangan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida o‘z aksini topgan (Davlat soliq qo‘mitasining 2020 yil 9 iyundagi 14/1-18256-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2020 yilning 1-choragida byudjetga qo‘shimcha 2,7 mlrd.so‘m foyda solig‘i undirilishiga erishilgan.