Fayziev Xayriddin Sirojiddinovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Davlat boshqaruvi organlarida yuridik xizmat tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish», 12.00.02 – Konstitusiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Yu148.
Ilmiy rahbar: Husanov Ozod Tillaboevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Mamatov Xudoyor Teshaevich, yuridik fanlar doktori, professor; Fayziev Olim Raimqulovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi davlat boshqaruvi organlari yuridik xizmatlari tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini kompleks tadqiq etish orqali ular faoliyatining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan taklif hamda tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida majburiy tartibda yuridik xizmatlarni tashkil etish, yuridik xizmat xodimlariga qo‘shimcha to‘lov va ustamalar belgilash, shuningdek ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir qoidalarni qonunchilikda mustahkamlash zarurati asoslantirilgan;
yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibini joriy etish zarurati asoslangan;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga adliya organlari huzurida ularga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish, keyinchalik ularni respublika darajasida markazlashtirish zarurati va afzalliklari isbotlangan;
qonun hujjatlarida yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlariga qonunchilikka zid bo‘lgan, jumladan qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan hujjatlar loyihalarini ijrochilariga qayta ishlash uchun qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlagan kamchiliklarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik xulosalar berish huquqini mustahkamlash zarurati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Davlat boshqaruvi organlarida yuridik xizmat tizimining tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida majburiy tartibda yuridik xizmatlarni tashkil etish, yuridik xizmat xodimlariga qo‘shimcha to‘lov va ustamalar belgilash, shuningdek ularga qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan funksiyalarning yuklatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka doir qoidalarni qonunchilikda mustahkamlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 19 yanvardagi 
PQ-2733-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risidagi Nizomning 5, 11 va 17-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 1-12/1-662/8-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi yuridik xizmatlar maqomining qonun hujjatlarida huquqiy mustahkamlanishiga xizmat qilgan;
yuridik xizmat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibini joriy etishga doir taklifdan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2017 yil 28 fevraldagi 42-mh-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yuridik xizmat xodimini lavozimga tayinlash va ozod qilish masalalarini adliya organlari bilan kelishish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2020 yil 15 oktyabrdagi 1-12/1-662/8-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning inobatga olinishi yuridik xizmat xodimlarining mavqeini oshirishga va ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga xizmat qilgan;
davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlaridagi mavjud shtat birliklarini qisqartirish hisobiga adliya organlari huzurida ularga yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazlari faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda keyinchalik ularni respublika darajasida markazlashtirishga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 561-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 3 va 5-bandlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 7 apreldagi 12/01-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi ijro hokimiyati tizimidagi yuridik xizmatlar xodimlarining mustaqilligini kafolatlash asosida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida qonuniylikning ta’minlanishiga xizmat qilgan;
yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari xodimlariga qonunchilikka zid bo‘lgan, jumladan qonunchilik texnikasi talablariga javob bermaydigan hujjatlar loyihalarini ijrochilariga qayta ishlash uchun qaytarish, o‘z e’tirozlarini asoslagan holda, aniqlagan kamchiliklarini bartaraf etish to‘g‘risida yuridik xulosalar berish huquqini qonunchilikda mustahkamlashga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 17 sentyabrdagi 561-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyatini eksperiment tariqasida tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 13-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Yuridik ta’minlash boshqarmasining 2021 yil 7 apreldagi 12/01-02-son ma’lumotnomasi). Mazkur takliflarning joriy etilishi tayyorlanayotgan hujjatlarning sifatini oshirishga, shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqlari hamda qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirishga xizmat qilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish