Alimov Rasulxan Sarvarxanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi to‘plovchi reagentlarni qo‘llash asosida mis-molibden ma’danlari va OKMK boyitish chiqindilarini qayta ishlash samaradorligini oshirish», 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/T1930.
Ilmiy rahbar: Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: «Mineral resurslar instituti» DM.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Navoiy davlat konchilik instituti, DSc.17/30.12.2019.T.06.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Maxmudjon Maxamatjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Xujakulov Nurmurod Botirovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti «MISiS»ning Olmaliq shahridagi filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi to‘plovchi reagentlarni qo‘llash asosida mis-molibden ma’danlari va flotatsion boyitish chiqindilarini qayta ishlash samaradorligini oshirish usullarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor slanes smolasini qo‘llab mis-molibden ma’danlarini va OKMK mis boyitish fabrikasi chiqindilarini flotatsiyalash texnologiyasining yangi reagent rejimlari ishlab chiqilgan;
mahalliy xom-ashyodan olingan reagent – slanes smolasi asosida mis-molibden ma’danlari va chiqindilarini flotatsiyalash parametrlari yaxshilandi va ma’danlarni va chiqindilarni flotatsiyalash jarayonida reagentlarning maqbul sarfi aniqlangan;
mis-molibden ma’danlarini boyitish chiqindilarini foydali ravishda sanoatda qayta ishlanishiga to‘siq bo‘luvchi asosiy omillari aniqlangan;
mis, molibden, oltin va boshqa metallarning mis-molibden ma’danilari va chiqindilaridan slanes smolasini qo‘llab ajratishning fizik-kimyoviy sharoiti aniqlangan;
boy tarkibga ega va yuqori sifatli to‘plovchi reagent sifatida namoyon bo‘luvchi slanes smolasi kabi mahalliy xom ashyodan foydalanish prinsipial imkoniyatlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yangi to‘plovchi reagentlardan foydalanib mis-molibden xom ashyolarni flotatsiyalashning yangi reagent rejimini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
slanes smolasini qo‘llab mis-boyitish fabrikasi boyitish chiqindilaridan foydali birikmalarni flotatsiyalash usuli «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 4 noyabrdagi AS-008544-son ma’lumotnomasi). Natijada, boyitish chiqindilarini qayta ishlash davomida ushbu texnologik rejimni qo‘llash yordamida kondision kollektiv boyitma olish imkonini bergan;
boyitish chiqindilarini qayta ishlash texnologik rejimi «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning mis boyitish fabrikasida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJning 2020 yil 4 noyabrdagi AS-008544-son ma’lumotnomasi). Natijada, chiqindilardan tarkibida 16,5% mis va 0,25% molibden bo‘lgan kollektiv boyitma olish va qo‘shimcha ravishda tarkibida 43,0% Ssul`fid. bo‘lgan pirit boyitmasi olish imkonini bergan.