Raximov Rasulbek Ibroximovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligida gastraduodenal kon ketishlarda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish», 14.00.40 – Shoshilinch tibbiyot (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.DSc/Tib384.
Ilmiy maslaxatchi: Xadjibaev Abduxakim Muminovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.63.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Xabibulla Ataullaevich, tibbiyot fanlari doktori.professor; Ligay Ruslan Efimovich,tibbiyot fanlari doktori; Mullabaeva Guzal Uchkunovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Irkutsk xirurgiya va travmatologiya ilmiy markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yurak ishemik kasalliklari bilan xastalangan gastroduodenal yarali qon ketishlarni xirurgik davolash taktikasini ishlab chiqish va yangi davolash-tashxislash algoritmlarini tatbiq etishni takomillashtirish orqali taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yurakning ishemik kasalligi bilan xastlangan bemorlarda YaGDQK negizida miokardning funksional holati baholanib, bemorlarda kasallikni davolashni turli strategiyalarini qo‘llashda hayot uchun xavfli bo‘lgan ikkita asorat qon ketishini qaytalanishi va o‘tkir koronar ekssessning rivojlanish xavf darajasi asoslangan;
yurakning ishemik kasalligi negizida YaGDQKli bemorlarni intensiv davolashni takomillashtirilgan sxemasining samaradorligi, morfologik va klinik tadqiqotlar seriyasi bilan bemorlarda 40%li glyukoza eritmasi bilan autoplazma aralashmasini periul`seroz sohaga in’eksiya qilish – endoskopik gemostaz usulini yuqori samaradorligi va havfsizligi isbotlangan;
travmatologik profilidagi bemorlar uchun respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida ilgari ishlab chiqilgan SAPS-RShTYoIM modifikatsiyalangan shkalasini qo‘llash, kasallikni kechishini bashoratlash va og‘irlik xolatini baholashga universal yondoshuv zarurligi isbotlangan;
ilmiy va klinik qo‘llash uchun yurak ishemik kasalligida bemorlarda YaGDQK misolida turli klinik va laborator belgilarning bashoratlash qiymatini hisoblash usullari, ular kasallikni asoratli va noxush kechishini eng ma’lumotli prediktorlarini ajratib olishga imkon bergan;
birinchi marta kasallik kechishi og‘irligini bashoratlash va umumiy xolatini baholashni modifikatsiyalangan integral shkalasi asosida YuIKning turli klinik variantlari bo‘lgan bemorlarda YaGDQKning turli shakllarini davolash taktikasini shaxsiylashtirishni tanlashda klinik amaliyot uchun kompyuter dasturlari ishlab chiqilgan;
davolash taktikasini indiviuallashtirish kompyuter dasturini tanlab olish dasturi yordamida ajratib olingan yurak ishemik kasalliklari bilan xastalangan bemorlarning chegaralangan qismida YaGDQKni davolashni radikal jarrohlik usulini qo‘llash bilan ko‘rsatmalarni kengaytirishni imkoniyati yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yurak ishemik kasalligida gastroduodenal qon ketishlarda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishni baholash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Endoskopik yarali gemostazning yangi usuli» bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining foydali modelga patenti olingan (FAP 0200131/1, 16.11.2020y). Ushbu patent yarali gastroduodenal qon ketishlarda ishonchli gemostazni amalga oshirish imkonini bergan;
«Yurak ishemik kasalligida gastrodudenal yarali qon ketishlarni ratsional davolashni tanlashda intelektual kompyuter tizimli tashxislash» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 16 dekabrdagi 8n-d/235-son ma’lumotnomasi). Ushbu uslubiy tavsiyanoma yurak ishemik kasalliklari bilan xastalangan gastroduodenal yarali qon ketishlarni xirurgik davolashni takomillashtirishga imkon yaratgan.
Yurak ishemik kasalligida gastroduodenal qon ketishlarda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirish asosida ishlab chiqilgan yurak ishemik kasalligida gastroduodenal qon ketishlarda tashxislash va davolash taktikasini takomillashtirishga qaratilgan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand, Xorazm va Namangan filiallari reanimatsion va jonlantirish bo‘limlarining amaliy faoliyatiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 9 yanvardagi 8n-z/11- son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga joriy qilinishi yurak ishemik kasalliklari negizida yarali gastroduodenal qon ketishlarni davolash sifatini yaxshilash, jarrohlik amaliyotlaridan keyingi asoratlarni kamaytirish natijasida asosiy guruhdagi bemorlarda nazorat guruhiga nisbatan qon ketishlarning qaytalanishlari darajasini 2,5 martaga, yurakning ishemik kasalliklari oqibatida kelib chiqadigan koronar asoratlar 1,9 martaga, jarroxlik amaliyotidan keyingi va umumiy o‘lim holati mos ravishda 2,25 va 4,4 martaga kamaytirish imkonini yaratgan.