Xoliqov Azizbek Alimurodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Pastki jag‘ sinishlarini tashhislash va davolash usullarini takomillashtirish” 14.00.21 – Stomatologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Tib1443.
Ilmiy raxbar: Dusmuxamedov Dilshod Maxmudjanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarkand davlat tibbiyot instituti, DSc.04/05.06.2020.Tib.102.02.
Rasmiy opponentlar: Shomurodov Qaxramon Erkinovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Raxmatova Muqaddas Xoltoevna tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tokai tibbiyot markazi (Yaponiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: pastki jag‘ sinishlari bo‘lgan bemorlarda tashxislashning samarali usullarini qo‘llash va davolashda osteoplastik materiallardan foydalanib operatsiyani takomillashtirish bo‘yicha takliflar, tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
pastki jag‘ suyagi sinishlarida reparativ regeneratsiya jarayonlarining nuqsonli sinishlardagi patogenetik o‘zgarishlariga asoslanib, natijada suyakda nuqson xosil bo‘lishi bartaraf etilganligi isbotlangan;
tajriba xayvonlarida osteoplastik preparatni jag‘ nuqson soxasiga qo‘yilganda suyak yuzasiga osteoblastlarning jadallik bilan yopishishi va kollagen tolalardan iborat suyaklanish qatlami shakllanishi, qatlam so‘rilib modda orasiga qon tomirlarning kirib borishi jadallashuvi va suyaklanish jarayoni tezlashgani morfologik aniqlangan;
jag‘ suyaklari nuqsonli sinishida umum qabul qilingan davolashda, suyaklar nuqson soxasida, atrof yumshoq to‘qimalari o‘sib kirishi natijasida minerallashuv va osteoreparatsiya jarayonlariga salbiy ta’siri qilishi kuzatilgan;
pastki jag‘ suyagini siniq soxasiga osteoplastik material qo‘llash standarti va protokoli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Pastki jag‘ sinishlarini tashhislash va davolash usullarini takomillashtirishni baxolashilmiy tadqiqot natijalari asosida:
pastki jag‘ sinishida hosil bo‘ladigan nyqsonlarni oldini olish va ylarni davolashda syyak o‘rnini bosyvchi, osteoregenatorlik xysysiyatiga ega bo‘lgan “OsteonTM II Collagen” yuz- jag‘ jarroxligi soxasiga tadbiq etilishi bo‘yicha va olingan ilmiy natijalar asosida “Xirurgicheskoe lechenie pereloma nijney chelyusti s primeneniem kostnogo materiala” yslybiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23-noyabrdagi 8n-r/450-son ma’lumotnomasi). Ushby uslubiy tavsiyanoma tyrli estetik va funksional etishmovchilikga olib keladigan va suyak regeneratsiyasini sekinlashishiga sabab bo‘ladigan turli o‘lchamdagi pastki jag‘ sohasidagi jarohatlanishdan keyingi suyak nuqsonlarini davolashda zamonaviy suyak materiali hisoblangan “OsteonTM II Collagen”qo‘llanilgan hollarda jarayonning ijobiy tomonga siljishiga imkon bergan;
takomillashgan davolash usulini amaliyotga tadbiq etish maqsadida “Sovremennie aspekti lechenie perelomov nijney chelyusti” yslybiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23-noyabrdagi 8n/451-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma 2009-2019 yillar davomida olib borilgan izlanishlarga, statistik tekshiruvlaga asoslanib pastki jag‘ sinishlaridan keyin hosil bo‘ladigan nuqsonlarni davolashning usullarini yanada takomillashtirish, bemorlar reabilitatsiyasini yaxshilash imkonini bergan;
Osteoplastik material qo‘llanilganda suyak regeneratsiyasini faollashishini O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent Tibbiyot Akademiyasi ko‘p tarmoqli tibbiyot klinikasi va O‘zbekiston Respublikasi SSV Toshkent Davlat Stomatologiya Instituti klinikasi bemorlarini davolash faoliyatiga tadbiq etildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 24-noyabrdagi 8n-d/193-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi natijasida pastki jag‘ sinishlarida nuqson xosil bo‘lishini oldini olish, bemorlar davolash sifatini yaxshilash imkonini bergan.