Samiev Asroridin Sayfidinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): »Muhaddis olimlar ilmiy meroslari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish», 13.00.01-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Ped773.
Ilmiy rahbar: Olimov Shirinboy Sharofovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi, Termiz davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Termiz davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.Ped.78.03.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoz Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Sohibov Akram Rustamovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi muhaddis olimlar ilmiy meroslari asosida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiyani amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari muhaddis olimlar ilmiy merosining ma’naviy-axloqiy tarbiya komponentlarini (kognitiv, faoliyatga doir va refleksiv) shakllantirishdagi ta’siriga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchi-yoshlarni sinfdan tashqari ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni muhaddis olimlarning ilmiy merosidagi ma’naviy-axloqiy fazilatlar (Vatanga sadoqat, irodalilik, mehr-oqibatlilik, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik)ni kamol toptirishga yo‘naltirilgan ta’lim-tarbiya bosqichlarini ajratish asosida takomillashtirilgan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun muhaddis olimlar ilmiy merosidan foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy-pedagogik va metodik ta’minot kasbiy malaka, ijtimoiy-pedagogik bilimlar, umuminsoniy qadriyatlarning madaniy xulq va odob-axloq elementlarini rivojlantirishga bog‘liq xususiyatlarini belgilash asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda odob-axloq sifatlarini (imon, e’tiqod, sabr, qanoat, muhabbat, sadoqat, samimiyat, adolat) oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tuzilmasi muhaddis olimlarning ilmiy merosidagi pedagogik ta’sir vositalari tarkibini (hamkorlik, modulli, loyihalovchi, rivojlantiruvchi, faoliyatli) aniqlashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Muhaddis olimlar ilmiy meroslari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
umumiy o‘rta ta’lim tizimida ma’naviy tarbiyani amalga oshirishning tashkiliy-pedagogik imkoniyatlari, muhaddis olimlar ilmiy merosining ma’naviy-axloqiy tarbiya komponentlari (kognitiv, faoliyatga doir va refleksiv), o‘quvchi-yoshlarni sinfdan tashqari ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni, muhaddis olimlarning ilmiy merosidagi ma’naviy-axloqiy fazilatlar (Vatanga sadoqat, irodalilik, mehr-oqibatlilik, huquqiy madaniyat, mehnatsevarlik)ni kamol toptirishga oid tavsiyalar «Pedagogik mahorat» darsligi mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 15 noyabrdagi 89-03-4438-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhaddis olimlar ilmiy meroslari vositasida o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash mazmuni takomillashtirilgan va samaradorligini oshirishga erishilgan;
o‘quvchilarda odob-axloq sifatlarini (imon, e’tiqod, sabr, qanoat, muhabbat, sadoqat, samimiyat, adolat) oshirishga yo‘naltirilgan mashg‘ulotlar tuzilmasi, muhaddis olimlarning ilmiy merosidagi pedagogik ta’sir vositalari tarkibini (hamkorlik, modulli, loyihalovchi, rivojlantiruvchi, faoliyatli) aniqlashtirishga oid xulosa va takliflardan bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-002 raqamli «Yoshlarda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni shakllantirishning psixologik mexanizmlari» fundamental loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 15 noyabrdagi 89-03-4438-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash jarayoni mazmun-mohiyati takomillashtirilib, interfaol ta’lim texnologiyalari va metodlari vositasida ularda ma’naviy-axloqiy sifatlarni rivojlantirish samaradorligini oshirish imkonini bergan;
umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun muhaddis olimlar ilmiy merosidan foydalanishga yo‘naltirilgan ilmiy-pedagogik va metodik ta’minot, kasbiy malaka, ijtimoiy-pedagogik bilimlar, umuminsoniy qadriyatlarning madaniy xulq va odob-axloq elementlarini rivojlantirishga bog‘liq xususiyatlariga oid xulosa va takliflardan KA-1-0003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi 2019 yil 15 noyabrdagi 89-03-4438-son ma’lumotnomasi). Natijada, muhaddis olimlar ilmiy meroslaridan foydalangan holda ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalangan barkamol insonni tarbiyalash mezonlari takomillashtirilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish