Akbarov Ilxom Gulomjanovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida modifikatsiyalangan kompozision bitum materiallar tarkibi va ular asosida qurilishda ishlatish uchun ruberoidlar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi, 05.09.05 – Qurilish materiallari va buyumlari (texnika fanlari). 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/T.1774.
Ilmiy rahbarlar: Negmatov Soyibjan Sodiqovich, texnika fanlari doktori, professor, akademik; Soliev Rustamjon Xakimjonovich, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Kasimov Ibraxim Irkinovich, texnika fanlari doktori, professor; Negmatova Komila Sayibjanovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon mashinasozlik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida modifikatsiyalangan kompozision bitum materiallar tarkibi va ular asosida qurilishda ishlatish uchun ruberoidlar olish texnologiyasini ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mexanokimyoviy faollashtirilgan organomineral ingredientlar va turli xil polimer chiqindilari bilan maqsadli modifikatsiyalangan bitumlardan ruberoidlar olish mumkinligi asoslangan;
modifikatsiyalangan bitumli kompozision materiallarning optimal tarkibini ishlab chiqishga imkon beradigan organomineral ingredientlarning turi va tarkibiga ko‘ra fizik-kimyoviy, mexanik va ekspluatatsion xossalariga qarab modifikatsiyalangan bitum-polimer kompozisiyalarni xossalarining o‘zgarishi aniqlangan;
kompozisiya tarkibiga kiradigan organomineral ingredientlarning bir-biri va matrisa bilan o‘zaro ta’sirida fizik-kimyoviy bog‘larning hosil bo‘lishi hisobiga yuqori haroratlarda (100–120°C) ishlatiladigan samaradorligi, mustahkamligi, fizik-mexanik xossalari yuqori bo‘lgan kompozision bitumli materiallarning yangi optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
ishlab chiqilgan modifikatsiyalangan kompozision bitum materiallarning shakllanishida «tarkib-struktura-xossa»ning korrelyasion bog‘liqligi aniqlangan;
mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida modifikatsiyalangan kompozision bitum-polimer materiallar va ular asosida qurilish sanoatida ishlatiladigan ruberoidlar olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Mahalliy va ikkilamchi xomashyolar asosida modifikatsiyalangan kompozision bitum materiallar tarkibi va ular asosida qurilishda ishlatish uchun ruberoidlar olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
yangi tarkibli modifikatsiyalangan kompozision bitum materiallar asosidagi ruberoidlar «O‘zbekneftgaz» AJning Namangan viloyatidagi «O‘zruberoid» MChJ korxonasi uchastkalarida amaliyotga joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmaterialari»ning 2020 yil 26 noyabrdagi 05/15-3694-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori haroratda ishlatish mumkin bo‘lgan fizik-mexanik xossalarga ega bo‘lgan ruberoidlarini olish imkonini bergan;
modifikatsiyalangan kompozision polimer-bitum olish texnologiyasi «O‘zruberoid» MChJda ruberoid ishlab chiqarishda joriy etilgan («O‘zsanoatqurilishmaterialari»ning 2020 yil 26 noyabrdagi 05/15-3694-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft` bitumini modifikatsiyalashtirilgan polimer-bitumga almashtirish orqali ruberoidlarining tannarxini pasaytirish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish