Kutlimuratova Gulparshin Atamuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qoraqalpog‘iston sharoitida istiqbolli dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B374.
Ilmiy rahbar: To‘xtaev Boboqul Yorqulovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.02/30.12.2019.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Sherimbetov Sanjar Gulmirzoevich biologiya fanlari doktori, professor; Matjanova Xolida Kazakbaevna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Qoraqalpog‘iston sharoitida istiqbolli dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston tuproq-iqlim sharoitida Atropa belladonna va Echinops ritro o‘simliklarining ontogenez davrlarida morfologik va bioekologik xususiyatlari, o‘sishi va rivojlanishi aniqlangan;
introdusent alkaloid saqlovchi dorivor o‘simliklar - Oddiy beladonna Atropa belladonna L., Oq qunduz - Echinops ritro L. o‘simliklarni Qoraqalpog‘istonning ekologik sharoitida introduksiya qilish mavjudligi aniqlangan;
turli xil ekologik sharoitlarda o‘simliklar gullarining kunlik va mavsumiy gullash dinamikasi asosida urug‘larning potensial va haqiqiy mahsuldorligi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston sharoitida alkaloid saqlovchi dorivor o‘simliklarning introduksiya sharoitida o‘sish va rivojlanish uchun agrotexnik tadbirlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston sharoitida istiqbolli dorivor o‘simliklarning introduksiyasi va bioekologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Qoraqalpog‘istonning tuproq-iqlim sharoitida Atropa belladonna va Echinops ritrolarni etishtirishning agrotexnik tadbirlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “Borili oy” fermer xo‘jaligi ekin dalalariga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 2-iyundagi 04/019-1299-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklardan 1 ga plantatsiyalar tashkil etish va sifatli xomashyo olish imkonini bergan;
Atropa belladonna va Echinops ritro larning introduksion baholash va istiqbollilik darajasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining Ellikqal’a va Kegeyli tumanlari bo‘limlari amaliy faoliyatiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi qo‘mitasining 2020 yil 25 maydagi 194-son ma’lumotnomasi). Natijada, tuproq sho‘rlanishiga chidamli istiqbolli dorivor o‘simliklarni aniqlash va ularni etishtirish imkonini bergan;
Atropa belladonna va Echinops ritro larni istiqbollilik darajasi asosida turlarni hududlar bo‘yicha joylashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar Qoraqalpog‘iston Respublikasining Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotiga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2020 yil 22 maydagi 02/18-12-1065-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘simliklarni mos tuproq sho‘rlanishi va iqlim sharoitlarigajoylashtirish hamdaalkaloid saqlovchi turlar uchun istiqbolli hududlarni aniqlash imkonini bergan.