Dadabaev Shavkat Xamidovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish», 08.00.08 – Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/Iqt518.
Ilmiy rahbar: Abduvaxidov Farxod To‘ychievich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Pardaev Mamayunus Karshibaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Menglikulov Baxtiyor Yusupovich, iqtisodiyot fanlari nomzidi, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tovar-moddiy zaxiralar hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tovar-moddiy zaxiralarni keltirish, tayyorlash va omborxonada saqlash xarajatlariva ularni tannarxni aniqlash hisobi 1210-“Tashib keltirish xarajatlari”, 1220 -“Tayyorlash xarajatlari”va 1230 - “Omborxonada saqlash xarajatlari” ishchi schyotlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
qabul qilish, sarflash va ularni hisobi yuritishda tovar-moddiy zaxiralarni sof sotish qiymati bo‘yicha baholash taklif etilgan;
tovar-moddiy zaxiralarning samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashda sarflangan xarajatlarni kiritish taklif etilgan va shu asosida mahsulot tannarxini kamaytirish asoslangan;
transport–tayyorlov xarajatlarini mutanosib ravishda korxona xarajatlariga taqsimlashda tovar-moddiy zaxiralar hisobini davriy tizimda yuritish taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tovar-moddiy zaxiralar hisobi va tahlilini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tovar-moddiy zaxiralarni keltirish, tayyorlash va omborxonada saqlash xarajatlari va ularni tannarxni aniqlash hisobi 1210 - “Tashib keltirish xarajatlari”, 1220 - “Tayyorlash xarajatlari” va 1230 - “Omborxonada saqlash xarajatlari” ishchi schyotlarini kiritish bo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 3-son buyrug‘i asosida hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi 2020 yil 16 iyundagi 04/05-2002-son ma’lumotnomasi). “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibiga kiruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni hisobi siyosatida taklif etilgan yangi schyotlarni qo‘llash orqali materiallarni tashib keltirish, tayyorlash va saqlash bilan bog‘liq xarajatlar aniqligi hamda ularning hisobini yuritish uslubiy jihatdan takomillashuvi ta’minlangan;
qabul qilish, sarflash va ularni hisobi yuritishda tovar-moddiy zaxiralarni sof sotish qiymati bo‘yicha baholash taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 3-son buyrug‘i asosida hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 2020 yil 16 iyundagi 04/05-2002 – son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida TMZlarni moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari asosida baholash natijasida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarda mahsulot tannarxini aniqligi ta’minlangan hamda hisobini yuritishning takomillashuviga erishilgan;
tovar-moddiy zaxiralarning samaradorlik ko‘rsatkichini aniqlashda sarflangan xarajatlarni kiritish va mahsulot tannarxini kamaytirishbo‘yicha taklifi “O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi tomonidan tizim tashkilotlari faoliyatini taxlil qilish jarayonida qo‘llanilgan (“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi 2020 yil 16 iyundagi 04/05-2002 – son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sement ishlab chiqaruvchi korxonalarda material xarajatlari va mahsulot tannarxi tahlilini amalga oshirishda sarflanadigan vaqt miqdori 5 foizga tejalgan hamda mahsulot ishlab chiqarish tannarxini 0,4 foizga tejash imkoniyati yaratilgan;
tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish va sarflash jarayonida alohida transport-tayyorlov xarajatlarining dastlabki hisobini yuritish taklifi “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 3-son buyrug‘i asosida hisob siyosatini ishlab chiqishda foydalanilgan (“O‘zsanoatqurilish-materiallari” uyushmasi 2020 yil 16 iyundagi 04/05-2002-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida uyushma tarkibiga kiruvchi sub’ektlarda TMZlarning boshlang‘ich hisobini yuritish hamda transport-tayyorlov xarajatlarini taqsimlash usularining aniqligi ta’minlangan.