Sultonov Nodirjon Nazirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gemodinamik buzilishlarni baholashda antiagregant terapiyani muqobillashtirish», 14.00.05 – Ichki kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib866.
Ilmiy rahbar: Sabirov Maksud Atabaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Xamraev Abror Asrorovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullaev Sherzod Sa’dullaevich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Tibbiy xodimlarni kasbiy malakasini rivojlantirish markazi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: surunkali buyrak kasalligi II-III bosqichidagi bemorlarda antiagregant terapiyani qo‘llash orqali gemostaz tizimidagi, buyrak ichi gemodinamikasi va qon tomir remodellanishi ko‘rsatkichlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gemostaz tizimi va buyrak ichi gemodinamikasida buzilishlar kuchayib borishi bilan buyrak funksional xolatini pasayishi uzviy bog‘liqligi isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi bilan xastalangan bemorlarda mahalliy o‘simlik xomashyosidan olingan antiagregant ta’sirida gemostaz tizimi ko‘rsatkichlariga samarali ta’siri isbotlangan;
surunkali buyrak kasalligi II-III bosqichidagi bemorlarda antiagregantlarning buyrak ichi gemodinamikasi buzilishlariga ta’sir samaradorligi asoslangan;
surunkali buyrak kasalligi mavjud bemorlarda maxalliy xom ashyodan olingan antiagregant bilan davolash va uning samarasi sifatida buyrak funksional xolati saqlanib qolishi orqali, bemorlarda dializgacha bo‘lgan davrini uzayishi isbotlangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda gemodinamik buzilishlarni baholashda antiagregant terapiyani muqobillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
«Antiagregant terapiya fonida surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda buyrak ichi gemodinamikasining holati» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/420-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va terapiya amaliyotida tashxis qo‘yish, kompleks davolashda antiagregant preparatlardan foydalanish orqali bemorlarda buyrak ichi gemodinamikasidagi o‘zgarishlarni yaxshilashga imkon bergan;
«Surunkali buyrak kasalligining dializ oldi bosqichida antiagregant terapiyaning gemostazga ta’siri» nomli uslubiy tavsiyanomasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 9 oktyabrdagi 8n-d/421-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma nefrologiya va terapiya amaliyotida SBKga gemostaz tizimidagi o‘zgarishlar va davolashni muqobillashtirish orqali kasallik asoratlarini kamaytirish imkonini bergan;
SBK bilan og‘rigan bemorlarda antiagregant dori vositalarni qo‘llash bilan davolashni muqobillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasi nefrologiya bo‘limida va Xorazm viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi klinikasining nefrologiya va gemodializ bo‘limlarida davolash amaliyotiga tadbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi 8n-d/223-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga joriy qilinishi SBKning klinik kechishi va uni kompleks davolashda SBK avj olib rivojlanishini sekinlashtirish imkonini bergan.