Abdulaxatov Baxodir Sharifjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarda trombotsitopatiyaning klinik-gematologik va molekulyar-genetik xususiyatlari»  14.00.29 - Gematologiya va tranfuziologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.PhD/Tib694.
Ilmiy rahbar: Karimov Xamid Yakubovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan gematologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.02.
Rasmiy opponentlar: Soliev Qodirjon Karimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Gil`dieva Margaritta Sobirovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instiututi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Respublikadagi chaqiruv yoshidagilarda trombotsitopatiyani bashoratlash, oldini olish va tashxislash mezonlarini takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalardan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
harbiy xizmatga chaqiriluvchilar orasida gemorragik diatezni erta  tashxislash, oldini olish va samarali davolash tartibi asosida optimallashtirilgan; 
ilk marotaba shahar mikropopulyasiyasidagi chaqiriluvchilarda gemorragik diatezning asosiy turlari doirasida trombotsitopatiyaning uchrash darajasi isbotlangan;
chaqiriluvchilarda birinchi marta trombotsitopatiyaning rivojlanish mexanizmlarini tasdiqlovchi gemostaziologik va molekulyar-genetik omillar asosida tezda qon ketish hamda irsiy moyillikni baholash tizimi amalga oshirilgan;
ilk bor TNF-α, IL4, IL6, genlarining G308A, S589T, S174G polimorfizmlarida trombotsitopatiyaning klinik kechishi, shakllanishi va rivojlanishidagi assotsiatsiyalar hamda bashoratlash orqali kasallikka chalanish darajasini oshirishga moyillik belgilarining xususiyatlari asoslangan;
gemostaz buzilishlarni boshqarishda ishtirok etuvchi genetik determinantlar to‘g‘risida geno-fenotopik tasavvurlar shakllantirilgan va chaqiriluvchilarda trombotsitopatiyaning individual xavfini baholashning turli darajadagi mezonlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Harbiy xizmatga chaqiriluvchilarda trombotsitopatiyaning klinik-gematologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
«Gemostaz tizimi buzilishlarini bosqichma-bosqich baholash dasturiy algoritmi» uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 senntyabrdagi 8n-d/118-son ma’lumotnomasi). Natijada barcha chaqiriluvchilarda trombotsitopatiyaning klinik-gematologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini baholash orqali qon kasalliklari hamda gemostaz tizimining buzilishlarini erta tashxislash va samarali davolash chora-tadbirlarini ishlab chiqish imkonini bergan;
harbiy xizmatga chaqiriluvchilarda trombotsitopatiyaning klinik-gematologik va molekulyar-genetik xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Mudofaa vazirligiga qarashli Respublikamizning viloyat, shahar, tuman mudofaa bo‘limlari birlamchi tibbiy komissiyasi amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 8 fevraldagi 8n-z/31-son ma’lumotnomasi). Olingan tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi harbiy xizmatga chaqiriluvchilarda trombotsitopatiyalarni erta aniqlash mezoni sifatida va gemorragik xavf shakllanishining oldini olish, bashoratlash imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish