Dusmatov Begmuhammad Olimjonovichning
falsafa doktori  (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Milliy iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agrosanoat ishlab ishlab chiqarish korxonalarida innovatsion infratuzilmani rivojlantirish  (Samarqand viloyati agrosanoat ishlab chiqarish korxonalari misolida)”, 08.00.04-Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Iqt684
Ilmiy rahbar: Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, DSc.03/30.01.2020.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Farmonqul Tursunqulovich Egamberdiev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Iroda Baxramjonovna Rustamova, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sohasi iqtisodiyoti ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida agrosanoat ishlab chiqarishning innovatsion infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agrosanoat ishlab chiqarishida innovatsion infratuzilmani rivoj-lantirishning kompleks va yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan hududiy axborot-tahliliy va marketing portali (SRM marketingning integratsiyalashgan tizimidan foydalanish)ni loyihalashtirish va axborot xizmatlari samaradorligini baholash (result, recourse, rate) usuli ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyati agrosanoat ishlab chiqarishida xo‘jalik yurituvchi va ularga innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni klaster tizimi doirasida samarali amalga oshirish imkonini beruvchi innovatsiyalarni tijoratlashtirish institutlarini rivojlantirish (diffusion of innovation) va texnologiyalar transferti  (Technologie transfer und Innovations management) markazlarini tashkil qilish asoslangan;
agrosanoat ishlab chiqarishni raqobatbardoshligini oshirishda  innovatsion infratuzilma sub’ektlari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli iqtisodiy munosabatlarni takomillashtirishning tashkiliy (Business Innovation – marketing tadqiqotlari bo‘yicha maslahat xizmatlari, hamkorlar va moliyalashtirish bo‘yicha konsalting xizmatlari) va iqtisodiy (kooperativ hamkorlik, autsorsing – Third Party Logistics Services) mexanizmlari ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli prognoz parametrlarining inersion, modernizatsiya qilish va innovatsion variantlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
agrosanoat ishlab chiqarishida innovatsion infratuzilmani rivoj-lantirishning kompleks va yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirishga qaratilgan hududiy axborot-tahliliy va marketing portalini loyihalashtirish va axborot xizmatlari samaradorligini baholash usulini takomillashtirish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-267-son ma’lumotnomasi). Natijada mintaqada tarmoq rivojlanish prognozlariga va ma’lumotlarni yig‘ish texnologiyasi, qayta ishlash, tahlil va statistikani tarqatilishi, ichki va tashqi bozorlar haqidagi ma’lumotlarga, mahsulot ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlar haqida ma’lumotlar bazasini yaratish, shu jumladan institutsional o‘zgarishlar haqida konsalting xizmatlarini tashkil qilish imkonini bergan.
Samarqand viloyati agrosanoat ishlab chiqarishida xo‘jalik yurituvchi va ularga innovatsion xizmat ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni klaster tizimi doirasida samarali amalga oshirish imkonini beruvchi institutsional mexanizmlarni takomillashtirish bo‘yicha amaliy takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-267-son ma’lumotnomasi). Ushbu orqali klasterlarni rivojlanishi natijasida innovatsion xizmatlar jarayonida qatnashuvchilarning sinergik samaradorligini o‘sishiga va ko‘rsatilayotgan xizmatlar narxini 22 foizga kamayishiga olib kelgan;
agrosanoat ishlab chiqarishida innovatsion infratuzilmani rivojlantirishning texnologiyalar transferi sohasida xizmatlar, axborot va tahliliy qo‘llab-quvvatlash samaradorligini oshirish, oliy va kasb-hunar ta’limi tizimini modernizasiya qilish doirasida ta’lim xizmatlari bozorini rivojlantirishga asoslangan strategik yo‘nalishlarni ishlab chiqish bo‘yicha takliflari O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimidagi ilmiy muassasalar faoliyatida joriy qilingan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligining 2020 yil 1 fevral` 89-03-418-son ma’lumotnomasi). Natijada oliy va kasb-hunar ta’limi tizimini modernizasiya qilish doirasida zamonaviy agrobiznes kurslari va tashkil etilgan kovorking markazida 12 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgan.
Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning ssenariy yondashuv asosida ishlab chiqilgan o‘rta va uzoq muddatli istiqbollari bo‘yicha ilmiy-amaliy takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizim tashkilotlari faoliyatida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 24 yanvardagi 05/011-267-son ma’lumotnomasi). Prognozlarning amalga oshirilishi natijasida Samarqand viloyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini hajmi innovatsion rivojlanish ssenariysi bo‘yicha o‘rta va uzoq istiqbol yillarida 1,5 va 2,5 barobarga oshishi bashorat qilingan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish