Saidakbarov Xusniddin Abdisalom o‘g‘lining
falsafa fanlar doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot xavfsizligini ta’minlash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirish”, 13.00.05 – Kasb-hunar ta’limi nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped2042.
Ilmiy rahbar: Shodiev Rizamat Davronovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik iqtisodiyot-instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped 48.01
Rasmiy opponentlar: Muslimov Narzullo Alixanovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Beknazarova Saida Safibullaevna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy va nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: axborot xavfsizligini ta’minlash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
raqamli axborotlar bilan ishlash, relevant ma’lumotlarni saralash, axborot xavfsizligini uzluksiz ta’minlash kabi bo‘lajak mutaxassislar sifatini xarakterlovchi indikatorlarni malaka talablariga singdirish asosida kasbiy faoliyat funksiyalari aniqlashtirilgan;
axborot xavfsizligini ta’minlash kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan “Mutaxassislarning kasbiy faoliyatidagi axborot xavfsizligi asoslari” maxsus kursi sillabusi tarkibiy tuzilmasi sinergetik tamoyillar vositasida takomillashtirilgan;
virtual ta’lim muhitida bo‘lajak mutaxassislarning biometrik autentifikatsiya usullarini amalda qo‘llash ko‘nikmalari bilan kasbiy faoliyatning intellektuallik va kreativlik kabi komponentlari tizimli-integrativ aloqasini chuqurlashtirish asosida “Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarishga qaratilgan mobil ilova dasturi ishlab chiqilgan;
bo‘lajak iqtisodchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlashning motivatsion, kognitiv va faoliyatli bosqichlarida o‘qitish kontentini individual va guruhli shaklda o‘zlashtirishning ta’lim natijasiga ta’siri masshtabini modellashtirish orqali axborot xavfsizligini ta’minlash ko‘nikmalarini baholashning o‘quv-metodik ta’minot takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Axborot xavfsizligini ta’minlash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini shakllantirishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak iqtisodchilarni axborot xavfsizligi bo‘yicha ko‘nikmalarini rivojlantirishda raqamli texnologiyalaridan foydalanish orqali kasbiy faoliyat uchun yetakchi indikatorlarni (kasbiy muhim axborotlarni saqlash, saralash, axborot xavfsizligini ta’minlash) belgilash asosida kasbiy kompetentlikni oshirishga oid ilmiy taklif va tavsiyalar “O‘zstandart” agentligining 2015 yil 15 fevraldagi 2-540-son qarori bilan tasdiqlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining Davlat ta’lim standarti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4364-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif va tavsiyalardan ta’limi mazmunini modernizatsiyalash asosida takomillashtirilgan o‘quv dasturlari, darsliklar, metodik qo‘llanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
axborot xavfsizligini ta’minlash kompetensiyalarni shakllantirishga qaratilgan “Mutaxassislarning kasbiy faoliyatidagi axborot xavfsizligi asoslari” maxsus kursi sillabusi tarkibiy tuzilmasini ishlab chiqish va amaliyotga samarali joriy etish orqali mutaxassislarni kasbiy tayyorlash sifatini oshirishga doir tavsiyalardan A–1–173 “Yoshlarni umummilliy qadriyatlarimizga xos tarbiyasini shakllantirish texnologiyasi va metodikasini ishlab chiqish” (2015–2017–yillar) mavzusidagi amaliy loyiha ishini bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4364-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan axborot xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan metodik ishlanmalar ishlab chiqishda foydalanilgan;
autentifikatsiya, biometrik autentifikatsiya usullarni qo‘llay olish va uni amalga oshirish qobiliyatining mantiqiy, kreativ, intellektual komponentlari bilan integrativ aloqasini ta’minlashga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlar ishlanmalari axborot xavfsizligini ta’minlash asosida bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini shakllantirish metodikasining o‘quv-metodik ta’minoti mazmuniga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 3 noyabrdagi 89-03-4364-son ma’lumotnomasi). Natijada bo‘lajak mutaxassislarni kasbiy kompetentligini shakllantirish mazmuni takomillashtirilgan.