Ataev Jasur Erkinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish”, 08.00.06 – Ekonometrika va statistika (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Iqt404.
Ilmiy rahbar: Doschanov Tangirbergen Doschanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Urganch davlat universiteti, PhD.03/28.08.2020.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Shodiev Tursun Shodievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Boyxonov Baxodir Tursunboevich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent moliya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish jarayonlarini modellashtirish asosida ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash va barqaror rivojlantirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasiga kiruvchi komponentlar tizimi ishlab chiqilgan hamda aqlli agro qo‘shilgan qiymat zanjiri xaritasi (smart agri value chain mapping) va ma’lumotlar platformasini shakllantirish mexanizmi taklif qilingan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtiruvchi sub’ektlarining rivojlanish darajasi, ta’sir qiluvchi omillari, istiqbolli yo‘nalishlarini anketa so‘rovi natijalari logit va probit modellari yordamida asoslangan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishdagi mavsumiy tebranishlar deterministik model, davriylik xususiyatlar Fur`e qatorlari yordamida tizimlashtirilgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish jarayonlarini barqaror rivojlantirish ssenariylari hamda muhim indikatorlari (etishtirilgan mahsulot miqdori) istiqboldagi 2021-2025 yillarga prognoz ko‘rsatkichlari ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qishloq xo‘jaligida mahsulot etishtirish jarayonlarini ekonometrik modellashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘shilgan qiymat zanjiri infratuzilmasiga kiruvchi komponentlar tizimi hamda aqlli agro qo‘shilgan qiymat zanjiri xaritasi (smart agri value chain mapping) va ma’lumotlar platformasini shakllantirish mexanizmini ishlab chiqish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma’lumotnomasi). Bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini etishtirish jarayonlari bo‘yicha tezkor, ishonchli va birlamchi ma’lumotlarni olish imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtiruvchi sub’ektlarning rivojlanish darajasi, ta’sir qiluvchi omillari, istiqbolli yo‘nalishlarini anketa so‘rovi natijalarini logit va probit modellari yordamida asoslash bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif qishloq xo‘jaligida mahsulotlarini etishtiruvchining barqaror rivojlanishini belgilashda foydalanish imkoniyatini yaratgan;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirishdagi mavsumiy tebranishlarni deterministik model, davriylik xususiyatlarini Fur`e qatorlari yordamida tizimlashtirish bo‘yicha berilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifdan foydalanish mavsumiy tebranishlarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega;
qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish jarayonlarini barqaror rivojlantirish ssenariylari hamda muhim indikatorlari (etishtirilgan mahsulot miqdori)ning kelgusidagi prognoz ko‘rsatkichlarini ko‘p variantli ekonometrik modellar asosida ishlab chiqish bo‘yicha berilgan takliflari O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 18 fevraldagi 04/022-661-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijalari qishloq xo‘jalik mahsulotlari etishtirish hajmining prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga xizmat qilgan.